Qiziqarli
“K-Pop Demon Hunters” filmi sabab Seulga sayohatlar keskin oshdi
Mashhur animatsion film “K-Pop Demon Hunters” muvaffaqiyati Janubiy Koreya poytaxti Seulga bo‘lgan sayyohlik qiziqishini sezilarli darajada oshirdi. Film chiqqach, dunyoning turli mamlakatlaridan muxlislar unda tasvirlangan joylarni ko‘rish uchun Koreyaga tashrif buyurishni boshladi.
Bu hodisa kino sanoatida “set-jetting” deb ataladi — ya’ni tomoshabinlar film yoki serial suratga olingan manzillarga sayohat qilishni tanlaydi.
Film ikki “Oskar”ni qo‘lga kiritdi
Animatsion kartina 98-“Oskar” marosimida eng yaxshi animatsion film va eng yaxshi original qo‘shiq nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi.
Film vizual uslubi, shuningdek syujet markazida qahramon qizlar jamoasi tasvirlangani bilan ham yuqori baholandi. U Netflix platformasida chiqarilganidan keyingi 3 oy ichida 300 milliondan ortiq tomosha yig‘di. Hozir esa uning davomi ustida ishlar boshlangani e’lon qilingan.
Janubiy Koreyada film allaqachon “madaniy fenomen” deb atalmoqda. Mutaxassislar fikricha, u global auditoriyaning qiziqishini faqat K-pop musiqasidan tashqari koreys an’analari va go‘zallik marosimlariga ham qaratdi.
Seulga kelayotgan sayyohlar soni keskin oshdi
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2025-yil iyulida Seulga 1,36 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich bir yil avvalgiga nisbatan 23,1 foizga ko‘p.
Mutaxassislar bunday o‘sishni aynan film muxlislarining sayohatlari bilan bog‘lamoqda.
Nashrlarning yozishicha, film 2025-yil iyun oyida chiqqanidan keyin xalqaro aviachipta bronlari ham 25 foizga oshgan. Ayniqsa Kanada, Osiyo mamlakatlari va Avstraliyadan Seulga parvozlar keskin ko‘paygan.
Umuman olganda, o‘tgan yili Janubiy Koreyaga rekord darajadagi 18,9 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.
Film muxlislari tashrif buyurayotgan mashhur joylar
Seulga kelgan sayyohlar filmda tasvirlangan mashhur joylarni ko‘rishga oshiqmoqda. Eng ko‘p tashrif buyurilayotgan manzillar orasida:
- Bukchon hanok qishlog‘i — filmda romantik sahnalar suratga olingan joy
- COEX majmuasi yonidagi K-Pop maydoni — filmning kirish sahnasi
- Myondong ko‘chasi — mashhur “Soda Pop” sahnasi bilan tanilgan
- Naksan bog‘i qal’a yo‘lagi — tungi yurish va jang sahnalari suratga olingan hudud
Shuningdek sayyohlar N Seoul Tower teleminorasi va Seul Olimpiya stadioniga ham faol tashrif buyurmoqda.
Film merchandayzingi va koreys SPA-marosimlari ham mashhur bo‘ldi
Film mashhurligi suvenir savdosiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Koreya milliy muzeyi do‘konlarida filmga oid mahsulotlar — termoslar, an’anaviy kiyimlar va personajlar tushirilgan suvenirlar katta talabga ega bo‘lmoqda.
Shuningdek, koreys an’anaviy spa markazlari — chjimchilbanlarga qiziqish ham oshdi. Ayniqsa sešin deb ataladigan eksfoliatsiya massajiga yozilishlar keskin ko‘paygan.
Turizm platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, film chiqqanidan keyingi yozda bunday muolajalar uchun bronlar 115 foizga oshgan.
Bundan tashqari sayyohlar:
- akupunktura,
- fitoterapiya,
- an’anaviy o‘simlik dorisi hanyak
kabi muolajalarga ham qiziqish bildirmoqda.
Janubiy Koreya hukumati K-madaniyat turizmini rivojlantirmoqchi
Film muvaffaqiyati fonida Janubiy Koreya hukumati 2025-yil sentabrida K-Tourism Innovation Task Force nomli maxsus ishchi guruh tashkil etdi.
Uning vazifasi K-madaniyat asosidagi turizmni rivojlantirish va muxlislarni nafaqat Seulga, balki mamlakatning boshqa hududlariga ham jalb qilishdan iborat.
Loyiha Madaniyat, sport va turizm vazirligi boshchiligida amalga oshirilmoqda. Unda Koreya turizm tashkiloti, Korea Railroad kompaniyasi hamda ilmiy va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


