Mashhurlar
Yetimlikda ulg‘aygan va mish-mishlar ichida yashovchi xonanda Rayhon haqida
Yetimlikda ulg‘aygan, bolaligidan filmlarda rol ijro etib, katta sahnalarda kuylagan Rayhon G‘aniyeva bu yili 48 yoshni qarshilaydi. O‘zbek shou-biznes vakillari orasida samimiyligi bilan ajralib turuvchi xonanda doim muxlislari ardog‘ida. San’atkorning oson kechmagan bolaligi, hayoti va ijodiy faoliyatiga Daryo nazar soldi.
Rayhon 6 yoshida otadan yetim qolgan

Xonandaning katta bobosi Nabi G‘aniyev o‘z davrining mashhur aktyor va rejissyori bo‘lgan. U o‘zbek kino sanʼatining nodir durdona filmlari: “Nasriddin Buxoroda” (1943), “Tohir va Zuhra” (1945), “Nasriddinning sarguzashtlari” (1946) va “Farg‘ona qizi” (1948) kabilarni suratga olgan. Uning to‘rt farzandi bo‘lib, ularning birortasi sanʼatkor bo‘lishni istamaydi. Faqatgina o‘g‘li Hotamning farzandi Otabek G‘aniyev bobosining kasbini davom ettiradi.
Otabek G‘aniyev 1977-yili aktrisa Tamara Shakirova bilan oila quradi. Ikki ijodkorning muhabbatidan qo‘ng‘iroq sochli qizaloq Rayhon dunyoga keladi. Avvaliga hammasi yaxshi edi. Otabek G‘aniyev eng yaxshi rollarni ijro etayotgan paytda baxtsiz hodisaga uchrab, vafot etadi. O‘shanda Rayhon G‘aniyeva 6 yoshli qizaloq edi. Oila boshining erta vafoti yaqinlariga oson kechmagani aniq.
“Bolaligim quvonchli o‘tmagan”
Tamara Shokirova bor eʼtiborini ijodga qaratadi, nafaqat o‘zbek, balki ozarbayjon va hind kinoijodkorlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. 1993-yilgacha o‘ndan ortiq filmlarda suratga tushib, so‘ng ikkinchi bor oila quradi. Bu nikohidan yana bir qiz farzandli bo‘ladi va unga Nasiba deb ism qo‘yadi.

— Bilasizmi, ko‘pchilik bolalik eng baxtli davr deydi. Ammo men o‘zimning bolaligim haqida bunday deyolmayman. Chunki bolaligim baxtli va quvonchli bo‘lmagan. Shuning uchun ham u kunlarni eslashni istamayman. Lekin 12 yasharligimda oyim menga kuchukcha sovg‘a qilgani bugungacha yodimda. Uzoq vaqt orzu qilgan narsamga ega bo‘lganimdan rosa xursand bo‘lgandim, deydi xonanda intervyularining birida.
“Onam sanʼatkor bo‘lishimni istamagandi”
Xonanda bir yoshidayoq filmda suratga tushgan. U 1980-yili “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Leningradlik bolalarim” filmida Hadichaning farzandi rolini ijro etgan. Hadicha rolini esa onasi Tamara Shokirova ijro etgan. Rayhon sanʼatkorlar oilasida tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, onasi uning bu kasbni egallashiga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi.

— Onam avvaliga sanʼatkor bo‘lishimni istamagan. Nega bunday qilganini aniq bilmayman. Ammo keyinchalik o‘zi qo‘llab-quvvatladi. Ammo sanʼatga bo‘lgan qiziqishim, xohishim barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishimga kuch bergandi, deydi xonanda intervyularining birida.
Ingliz tili filologi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakultetini tamomlagan Rayhon G‘aniyeva 1999-yili professional ijodga qadam qo‘yadi. U ilk bor 2000-yili suratga olingan “Tohir va Zuhra” musiqali filmidagi qo‘shig‘i bilan odamlar tiliga tushadi. O‘sha davrlarda xonandalar bugungidek ko‘p bo‘lmagan. Shu sabab ham Rayhonning qo‘shiqlari zamonaviy yoshlar orasida tez ommalashgan va xonanda 2002-yilda ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etishga muvaffaq bo‘lgan. Omad kelsa, birvarakayiga keladi, deganlaridek, xonanda 2002-yilda “Nihol” mukofoti sovrindoriga aylandi.
“Rayhon oqqonmi yoki saraton?”
Ammo odamlar orasida Rayhon G‘aniyeva oqqon, saraton ekan. Shu bois unga ketma-ket mukofot topshirishyapti, degan gap-so‘zlar ham tarqaladi. Ammo xonanda bu kabi mish-mishlarga eʼtibor bermay, ijod qiladi. Keyinchalik xonandaning buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigani va og‘ir operatsiyani boshdan kechirgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgandi. Ammo xonanda hech bir intervyusida bu haqida gapirmasdi. 2020-yili esa bergan intervyusida jurnalistning og‘ir operatsiyani boshdan kechirgani haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi.

— Hayot va o‘lim orasida bo‘lganman, bu haqida gapirish juda og‘ir, deya umumiy javob bergan xonanda.
Jurnalistning “Rossiyadagi mashhur jarroh xonasidagi devorda suratingiz ilinib turar ekan” degan savolidan esa hayratlanadi.
Rayhon G‘aniyeva ijodining eng gullagan davrlari 2005—2010-yillarga to‘g‘ri keladi. O‘sha yillarda yaratilgan qo‘shiqlar esa hamon muxlislar tilidan tushmay kelyapti. “Yodingdami?”, “Kechir”, “Orzungga ishon”, “Doimo”, “Baka-baka bang” kabi qo‘shiqlari tinglovchilar tilidan tiliga o‘tib kelmoqda. Xonandaning har yilgi konsert dasturini esa muxlislar intiqlik bilan kutardi. U o‘zbek xonandalari ichida shou-konsertlar taqdim etishda, yangilikka qo‘l urishda hamon peshqadam bo‘lib kelmoqda.
“‘Kechir’ so‘nggisi bo‘ldi”
Rayhon G‘aniyeva ijodi davomida o‘zini aktrisalikda ham sinab ko‘rdi. U ishtirok etgan “Kechir” filmini tomoshabinlar iliq kutib olgan. U mazkur filmning ssenariysini o‘zi yozgan va kartinada shou-biznes olamidagi illatlarni ochib berishga harakat qilgan.

— Erim uchun o‘z vaqtida ovqatini tayyorladim, kiyimlarini dazmolladim, kirini yuvdim… Uyimni sarishta va shinam tutdim. Ko‘p ayollar kabi erimdan qancha pul topayotganini so‘ramadim, degandi xonanda Rayhon.
“Farzandlarim otasini so‘raydi”
Rayhon G‘aniyeva farzandli bo‘lishni uzoq vaqt orziqib kutgan. 2014-yili bir emas, ikkita o‘g‘il farzandlarni dunyoga keltirdi. O‘sha paytda bolalarni otasidan ajratish unga ham oson kechmagani aniq.

— Men birovning oilasini buzmayman va oilalar mustahkam bo‘lishi tarafdoriman. Hamma inson baxtli bo‘lishga haqli, degandi Rayhon G‘aniyeva intervyularining birida.

Farhod Alimov bilan qurilgan oila uzoqqa bormaydi, deb hisoblaganlar ham bo‘lgan. Ammo Rayhon otani bolalaridan ajratmaydigan inson ekanini isbotlay oldi. U turmush o‘rtog‘ining farzandlarini oilaviy safarlarga olib boradi. Suratlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashni ham kanda qilmaydi.
“Bolalarim bilan dam olaman”
Rayhon o‘zbek shou-biznesidagi eng tartibli xonandalardan biri. U kunini to‘g‘ri taqsimlashni va ortiqcha insonlarga vaqt sarflashni yomon ko‘radi.

— Eng sevimli mashg‘ulotim farzandlarim bilan birga bo‘lish. Men bolalarim bilan birga bo‘lsam dam olaman, deydi xonanda intervyularining birida.
“Qiz farzand ko‘rishni xohlayman”
— Yaqinda ham turmush o‘rtog‘imga chaqaloq xohlashim haqida gapirdim. Ular esa farzand ko‘rish yoshidan o‘tganimizni aytdilar, deydi xonanda.

— Boshqa farzand ko‘rishni rejalashtirmayapmiz. Menda uch nafar, Rayhonda esa ikkita umumiy besh farzandimiz bor. Men farzand tarbiyalashni juda murakkab va qiyin jarayon deb bilaman. Shu besh farzandimizni katta qilib olsak ham katta gap. Yozda Islom va Imron lagerga borishdi. Islomni o‘sha yerda bir bola xafa qilib qo‘yibdi. Men o‘g‘limga bu haqda aytdim va u lager ichkarisiga kirib, o‘sha bola bilan gaplashib chiqdim. Umuman olganda farzandlarimiz bir-biri bilan ahil va inoq, deydi Rayhonning turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov.
Rayhonning shou-biznesda dugonangisi yo‘qmi?

— Shou-biznesda dugonam bor. U taniqli xonanda Sogdiana. O‘zbek shou-biznesi vakillarining hammasi bilan yaxshi munosabatdaman, lekin yaqin emasman. Faqat ikki hamkasbim bilan gaplashmayman, xolos. Tanishlarim kechki ovqatlarga taklif qilishadi, lekin bormayman. Bo‘sh vaqtimni farzandlarim bilan o‘tkazishni xohlayman, deydi Rayhon.
Rayhon so‘nggi konsertini taqdim etgandi, ammo…

Xonanda 2023-yilda ijodidagi so‘nggi konsertini taqdim etgandi. Endi konsert bermaslikni va bor eʼtiborini farzandlariga qaratish niyatida ekanini maʼlum qilgan xonanda muxlislarining talabi bilan 2026-yilda yana konsert berishini ma’lum qildi. U konsert uchun obrazini tubdan o‘zgartirdi. Uzoq yillar sariq sochlaridan voz kechmagan xonanda qora soch bilan yangi qiyofaga kirdi.
Ayni kunda bu o‘zbek xonandasining hayoti ana shunday rang-barangliklarga boy. Qisqa qilib aytganda, u ham yulduz bo‘lib tug‘ilmagan va osonlikcha bugungi kunlarga yetgan emas.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


