Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (18.03.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 18-mart, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Moliyaviy masalada biroz kayfiyatingiz tushishi mumkin. Bu muammoni ijobiy hal etishda badavlat do‘stlardan birining yordami zarur bo‘ladi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Agar anchadan beri hamkorlar bilan ish yuzasidan dangal gaplashib olishni niyat qilgan bo‘lsangiz, bugun fursat yetdi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Katta bozorlarda yurishga to‘g‘ri kelsa, nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Kissavurlar karmoningizni shilib qo‘yishidan saqlaning.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Garchi ortida katta pul turgan bo‘lsa ham yangi, birda-yarimda uddalab ko‘rmagan ishga qo‘l urib qo‘ymang.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun do‘stlar bilan o‘zaro munosabatlarga yana bir bor oydinlik kiritib oling. Chunki ularning biri sizga hasad ko‘zi bilan boqadi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Atrofdagilar bilan munosabatlarda real holatlarga asoslaning. Gaplaringizga yolg‘on aralashtirmang.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Oila qurmaganlar kun davomida yangi tanishuvni boshdan o‘tkazib, keyinchalik romantika paydo bo‘lishi uchun zamin yaratiladi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Ba’zilar tashqarida qarama-qarshi jins vakil yo vakilasi bilan xufiyona uchrashuv tashkil etish harakatida bo‘lishlari mumkin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Tushga qadar tashkil etiladigan safar muvaffaqiyat keltiradi. Lekin shaxsiy mashinangizda yo‘lga chiqmang.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

O‘zingizdan yoshi ulug‘, har jabhada tajribasi ko‘proq odamlarga biror masalada haqligingizni isbotlashga urinmang. Bu oqibatda janjalga sabab bo‘lishi mumkin.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Qo‘shimcha daromadli ish qidirish, malaka oshirish, bilim olish bugun xayrli va yoqimli kechadi. Lekin barcha harakatlarni qat’iy reja asosida amalga oshiring.

Baliq (20.02 — 20.03)

Oilada qarindoshlar ko‘nglini ovlash, kimnidir yupatish, ko‘nglini ko‘tarish bilan band bo‘lasiz.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.