Buxoro yangiliklari

Buxoroda Navro‘z tantanalari: bayram dasturi va vaqtinchalik yo‘l cheklovlari e’lon qilindi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro viloyatida bu yilgi Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazish uchun keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bahorning eng go‘zal ayyomlaridan biri bo‘lgan Navro‘z munosabati bilan viloyat bo‘ylab turli madaniy va ommaviy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Viloyatning asosiy bayram tantanalari 19-mart kuni soat 11:00 dan boshlab Buxoro shahridagi “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida bo‘lib o‘tadi. “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” g‘oyasi asosida o‘tkaziladigan ushbu xalq saylida milliy taomlar, urf-odat va an’analarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, xalq o‘yinlari hamda konsert dasturlari namoyish etiladi. Taniqli estrada xonandalari, viloyat san’at ustalari va badiiy jamoalar ishtirokida bayram yanada fayzli o‘tishi kutilmoqda.

Tadbirlar davomida mehmonlar uchun sumalak, halim, ko‘k somsa, palov kabi bahoriy taomlar tayyorlanadi. Shuningdek, arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilib, aholiga qulayliklar yaratiladi. Viloyat aholisi va mehmonlar ushbu umumxalq bayramida faol ishtirok etishga chorlanmoqda.

Shu bilan birga, bayram tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish maqsadida viloyatning qator hududlarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Xususan, 17–19-mart kunlari Olot, Shofirkon, Kogon tumani, Qorovulbozor, Vobkent, Romitan, Buxoro, Peshku, Jondor, Qorako‘l, G‘ijduvon tumanlari hamda Kogon shahri va Buxoro shahrida o‘tkaziladigan tadbirlar vaqtida markaziy ko‘chalar va ayrim avtomobil yo‘llarida vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi.

Jumladan, 19-mart kuni Buxoro shahridagi “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasi atrofidagi “Gazli shoh” va “Islom Karimov” ko‘chalari kesishmalarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Shu kabi cheklovlar boshqa tuman va shaharlardagi bayram o‘tkaziladigan hududlarda ham amal qiladi.

Shu munosabat bilan fuqarolar va haydovchilardan muqobil yo‘llardan foydalanish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish hamda tartibga soluvchi xodimlar ko‘rsatmalariga rioya etish so‘ralmoqda.

Navro‘z bayrami — yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik ayyomi. Buxoroda tashkil etilayotgan ushbu tantanalar esa qadimiy an’analarimizni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish hamda xalqimizni birlashtirishga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.