Salomatlik

Magnit bo‘ronlari nima va ularning organizmga ta’siri bormi?

pic
Foto: Ria.ru

Loading

Tibbiyot hanuzgacha magnit bo‘ronlarining organizmga-to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siri borligi haqida yagona xulosaga kelmagan. Biroq ayrim tadqiqotlar aynan shu davrlarda yurak-qon tomir muammolari keskin ortishini ko‘rsatmoqda. Daryo maqolasida shular haqida so‘z boradi.

Magnit bo‘ronlari — bu Yerning magnit maydonidagi kuchli buzilishlar natijasida yuzaga keladigan tabiiy hodisalardir. Ular bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin va to‘g‘ridan to‘g‘ri Quyosh faolligiga bog‘liq. Aslida, bu — kosmik ob-havoning bir ko‘rinishi bo‘lib, u ham yerda bo‘ladigan ob-havo kabi o‘zining bo‘ronlari, shamollari va bulutlariga ega.

Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, yurak xurujlari, insultlar va gipertonik krizlarning 70 foizgacha bo‘lgan qismi aynan geofizik faollik oshgan davrlarga to‘g‘ri keladi. Magnit bo‘ronlaridan to‘liq qochib bo‘lmasa-da, insoniyat ularning oqibatlarini kamaytirishni o‘rganib ulgurgan. Turli mamlakatlardagi olimlar Quyosh faolligini tunu-kun kuzatib borishadi, shunda kelgusi magnit buzilishlar haqida oldindan ogohlantirish mumkin bo‘ladi.

Bunday davrlarda odamlarga sog‘lig‘iga alohida e’tiborli bo‘lish tavsiya etiladi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekayotganlarga bu juda muhim. Shifokorlar jismoniy yuklamalarni kamaytirish, yetarlicha uxlash, stresslardan saqlanish, ko‘proq ochiq havoda bo‘lish va ilk noxush alomatlarda darhol tibbiy yordamga murojaat qilishni maslahat berishadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.