Buxoro yangiliklari
Buxoroda Navro‘z bayrami keng tantana qilindi
Buxoro shahridagi “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi. Qadimiy shahar yana bir bor bahor nafasi, milliy qadriyatlar va quvonchga to‘ldi.
Xalq sayli tarzida o‘tgan bayramda ta’lim muassasalari, mahallalar, yoshlar jamoalari hamda milliy madaniy markazlar tomonidan milliy taomlar, urf-odat va an’analarni aks ettiruvchi kompozitsiyalar namoyish etildi. Mehmonlar o‘zbekona mehmondo‘stlik, rang-barang sahna chiqishlari va an’anaviy bezaklardan bahramand bo‘lishdi.
Sayil davomida milliy xalq o‘yinlari, qo‘shiq va laparlar yangrab, bayramona kayfiyat yanada oshdi. Har bir hudud o‘ziga xos madaniy chiqishlari bilan qatnashib, Navro‘zning umumxalq bayrami sifatidagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Asosiy tantanalar majmua hududidagi muhtasham amfiteatrda davom etdi. Unda shahar va tumanlardan kelgan keng jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan fidoyilar, yoshlar hamda xorijiy sayyohlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov barchani bahor, yangilanish va yasharish ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi. Tantanali marosim viloyat badiiy jamoalari, yosh ijrochilar va respublika san’at ustalari ishtirokidagi teatrlashtirilgan konsert dasturi bilan yanada fayzli kechdi.
Bayram tadbirlari majmua yaqinidagi bog‘larda ham davom etdi. Bu yerda tashkil etilgan sayllarda bolalar va kattalar uchun turli xalq o‘yinlari, sport musobaqalari va ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazildi.

Shuningdek, hududda milliy taomlar festivali tashkil etilib, unda sumalak, halisa, ko‘k somsa, palov va boshqa bahoriy taomlar tayyorlandi. Mehmonlar nafaqat taomlardan bahramand bo‘lishdi, balki ularning tayyorlanish jarayonini ham kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ayniqsa, qozonlarda qaynayotgan sumalak atrofida yig‘ilgan ayollar tomonidan aytilgan Navro‘z qo‘shiqlari va qadimiy marosimlar bayramga alohida ruh bag‘ishladi.

Hunarmandlar ko‘rgazmalari ham tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. U yerda milliy kulolchilik, zargarlik, kashtachilik va boshqa amaliy san’at namunalari namoyish etildi.
Bolalar uchun esa alohida maydonchalar tashkil etilib, ular turli ijodiy va sport o‘yinlarida faol ishtirok etishdi.
Umuman, Navro‘z bayrami Buxoroda nafaqat sayil va tantanalar, balki milliy qadriyatlar, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlovchi umumxalq bayrami sifatida yuqori kayfiyatda o‘tdi.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


