Buxoro yangiliklari

Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi

pic
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Buxoro shahrida buyuk alloma va tabib Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali foydalanishga topshirildi. Ushbu ta’lim maskanining ochilishi Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami arafasida bo‘lib, viloyat hayotida muhim voqea sifatida e’tirof etilmoqda.

Yangi maktab avvalgi “Mehribonlik uyi” o‘rnida bunyod etilgan bo‘lib, ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat rahbari barchani bayramlar bilan tabriklab, yoshlar va pedagoglarni zamonaviy ilm maskani ish boshlagani bilan muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, ushbu maktab nafaqat bilim berish maskani, balki Ibn Sino ilmiy merosini yoshlar ongiga singdirish, ularni ilm-fanga qiziqtirish va kelajakda tibbiyot sohasida yetuk mutaxassislar etib tarbiyalashga xizmat qiladi. Maktab qurilishida mehnat qilgan mutaxassislar, muhandislar va ustozlarga minnatdorlik bildirildi.

pic 02

Mazkur ta’lim muassasasi 13,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan bo‘lib, uch qavatli zamonaviy bino 360 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Shuningdek, 120 o‘rinli yotoqxona, 28 ta sinfxona, 3 ta laboratoriya, kutubxona va sport zali mavjud.

Maktabda o‘quvchilarning qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida “Language Stars”, “Aniq hisob akademiyasi”, “Ijod va ilhom maktabi”, “Reaksiya va natija”, “Ilm va tabiat” kabi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda.

pic 03

Hozirda ushbu maskanda 66 nafar o‘quvchi tabiiy fanlar yo‘nalishida tahsil olmoqda. Qisqa vaqt ichida ular bir qator yutuqlarga ham erishgan. Jumladan, STEM fanlari olimpiadasida Asila Nusratova va Farid Murotov 2-o‘rinni, Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasida esa Farid Murotov 2-o‘rin, Laziza Yunusova 3-o‘rinni egalladi.

Tadbir yakunida viloyat rahbari va jamoatchilik vakillari tomonidan maktab hududiga daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu esa nafaqat yangi ta’lim maskani, balki yashil va sog‘lom muhit yaratish yo‘lidagi ramziy qadam sifatida e’tirof etildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.