Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (21.03.2026)
2026-yilning 21-mart, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun yoshlar bilan o‘z malaka va tajribangizni baham ko‘rmasangiz bo‘lmaydi. Ishxonangizda rahbariyat sizni sinchkovlik bilan kuzatishi kutiladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Tijoratchilar raqobatchilarning turli xurmacha qiliqlariga bardosh bilan samimiy munosabatda bo‘lishlari lozim.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Har qanday turdagi muammolaringiz xamirdan qil sug‘urgandek oson bitadi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun mo‘may daromad olsangiz, oilaning yaxshi kunlariga deb asrab qo‘ying. Omadingizni bersin!
Arslon (24.07 — 23.08)
O‘zingizga bo‘lgan ishonch shu qadar yuqori darajaga chiqadiki, ishxonada hamkasblarning barchasi sizga faqat havas bilan boqa boshlashadi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Moliyaviy masalada biroz mushkulotlarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz mumkin. Bardosh bilan ish tutsangiz ezgu niyatlarga albatta yetasiz.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Surunkali xastalikka yo‘liqmaslik uchun kun davomida salomatligingizni nazoratda ushlashingiz zarur. Ovqatlanishda me’yor hamda rejimga amal qiling.
Chayon (24.10 — 22.11)
O‘zingiz ancha yillardan beri birga ishlab kelgan hamkasblar bilan bugungi muloqotingiz juda jiddiy va keskin kechishi mumkin. Qayg‘uga botmang.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kechqurun juftingizning hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan ko‘ngil sirlaridan voqif bo‘lishingiz ehtimoli bor. Baxtli bo‘ling!
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Kunning birinchi yarmida ishxonangizdagi yumushlarni bajarib rohatlansangiz, kechki paytga borib shaxsiy hayotdagi muammolarni hal etishga mukkangizdan ketishingiz mumkin.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Muhabbatda faqat qalbingiz amriga bo‘ysuning. Boshqalarning maslahatlari sizni yo‘ldan ozdiradi xolos.
Baliq (20.02 — 20.03)
Bahor munosabati bilan tashqi ko‘rinishingiz va garderobingizga o‘zgartish kiritsangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


