Qiziqarli

Olimlar ilk bor abadiy muzlikdagi qadimiy mikroorganizmlarni uyg‘otdi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Kolorado universiteti (Boulder)ning geologlar va biologlar jamoasi o‘n minglab yillar davomida abadiy muzlikda bo‘lgan mikroorganizmlar faolligini tikladi. Ba’zi namunalar taxminan 40 ming yil “uxlagan” edi. Tadqiqot natijalari Journal of Geophysical Research: Biogeosciences (JGRB) jurnalida e’lon qilindi. Daryo shular haqida yozmoqda.

Abadiy muzlik Shimoliy yarim sharning qariyb to‘rtdan bir qismini qamrab olgan. U ulkan “vaqt kapsulasi” kabi mamontlar suyaklari, o‘simlik qoldiqlari va ko‘plab mikroorganizmlarni saqlaydi. Tadqiqotchilar aniqladilarki, eriganda bakteriyalar uzoq vaqt «uyqu» holatida qoladi, biroq bir necha oydan so‘ng faol ko‘payib, koloniyalar hosil qila boshlaydi.

“Bu namunalarni o‘lik deb bo‘lmaydi. Ular organik moddalarni parchalash va karbonat angidrid chiqarish qobiliyatiga ega”, dedi tadqiqotning yetakchi muallifi Tristan Karo.

​Olimlar Arktika yozi sharoitlarini modellashtirdilar va mikroblar faollashuvining bir zumda sodir bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Bunga bir necha oy ketadi. Bu shuni anglatadiki, Arktikada yoz mavsumi uzayishi bilan mikroblar faolligi ortadi, bu esa kuchli issiqxona gazlari hisoblangan karbonat angidrid va metan chiqindilari ko‘payishiga olib keladi.

Tajribalar Alyaskadagi noyob abadiy muzlik tunnelida o‘tkazildi, u yerda devorlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamont va bizonlar suyaklari chiqib turadi. Olimlar o‘n minglab yillik namunalarni olib, qadimiy mikroorganizmlarning qanday “uyg‘onishini” kuzatdilar. Ba’zi namunalar yarim yildan so‘ng hatto oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan bioplyonkalar hosil qildi.

Ta’kidlanishicha, bu mikroblarning o‘zi inson uchun xavfli emas, ammo ularning iqlimga ta’siri jiddiy bo‘lishi mumkin. Arktikada iliq mavsumlar qanchalik uzoq davom etsa, qadimiy jamoalarning faollashuvi global isishni tezlashtirish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.