Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (22.03.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 22-mart, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Salomatligingiz sal qalqishi kuzatiladi. Vrachga murojaat etganingiz durust.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Atrofdagilar bilan munosabatlarda muammo tug‘ilmaydi. Faqat o‘zingiz taniganlarning ayrimlari asabingizni buzishga urinib ko‘rishi mumkin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Yangi tanishuvlardan nariroq bo‘ling. Bu sizni depressiyagacha olib borishi ehtimoldan xoli emas.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Kayfiyatingiz siz istagandek zo‘r bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli global ahamiyatga ega ishlarga qo‘l urmaganingiz ma’qul.

Arslon (24.07 — 23.08)

Ertalabdan ruhiy olamingizga alohida e’tibor qaratishingiz tavsiya etiladi. Katta pul ketidan quvish fikrini nari haydang.

Parizod (24.08 — 23.09)

Moddiy ahvolingiz ko‘ngildagidek kechadi. Ortiqcha muammolar tug‘ilib tinchingizni buzmaydi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Ertalabdanoq emotsiyangiz junbushga kelishi kutiladi. Bu yaxshi ma’nodagi tuyg‘ular bo‘lgani sababli kayfiyatingizda ko‘tarinkilik ko‘zga tashlanadi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Atrofdagilar bilan muloqotda prinsiplardan voz keching. Muhabbatda esa rosmana dramatik holatni boshdan kechirishingiz kutilmoqda.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Ilgari asabingizga tegadigan ishlarga yana bir bor qaytishingizga to‘g‘ri kelyapti. Ammo bu gal asabni jilovda ushlang.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Munosabatlarda qat’iylikdan nariroq bo‘ling. Muhabbatda esa juftingizga nisbatan muloyim munosabatda bo‘lishingiz kerak.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Shaxsiy hayotingizdan ko‘nglingiz to‘q bo‘lishi uchun tez-tez juftingiz bilan qo‘ng‘iroqlashib turishingiz lozim bo‘ladi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Kun davomida yo‘l-yo‘lakay ro‘zg‘or ikir-chikirlarini ham bitirib borishingiz talab etiladi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.