Islom

Bir kuni o‘liklarni ko‘rib, ularning ahvolidan ibrat olay deb, qabristonga keldim…

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Molik ibn Diynor aytadilar: Bir kuni o‘liklarni ko‘rib, ularning ahvolidan ibrat olay deb, qabristonga keldim. Qabrlar orasida aylanib yurar ekanman, she’r o‘qiy boshladim: 

Qabristonga kirib bir kuni,
Qabr ahliga qildim bir nido:
Kazo-kazo, mavrurlar qani?
Amaldorlar, beringiz sado.
Haq da’vatin eshitgan zamon,
Tazarru’-la “labbay” deganlar.
Eshigiga faqir kelgan on,
Zakotini ado etganlar.
Qani? Qani? Qani?

So‘ng atrofga boqdim, qarasam, qabrlar orasida telba Baxlul ibn Umar o‘tiribdi. Samoga tikiladi-da, iltijo qila boshlaydi, yerga qaraydi-da, undan o‘ziga pandu-nasihat oladi, o‘ng tomoniga boqadi-da, qiqirlab kula boshlaydi, so‘l tomoniga boqadi-da, birdan ho‘ngrab yuboradi.

Men unga: “Assalomu alayka, ey Baxlul”, dedim.

U ham: “Va-alaykas-salom”, dedi.

“Ha, nima qilib qabrlar orasiga o‘tirib olding?”.

“E-eh, menga ozor bermaydigan, yo‘g‘imda ortimdan g‘iybat qilmaydigan yaxshi qavmning huzurida o‘tiribman”, dedi u.

“Qarasam, samoga tikilib, iltijo qilyapsan, yerga qarab ibrat olyapsan, o‘ngga qarab kulib, so‘lga qarab yig‘layapsan?”, deb so‘radim.

“Ey Molik, qachonki samoga tikilsam, Allohning: “Osmonda esa sizlarning rizqu-ro‘zlaringiz (ya’ni yerda mo‘l hosil bo‘lishiga sabab bo‘lguvchi yomg‘ir) va sizlarga va’da qilinayotgan narsa (ya’ni jannat) bordir”, (Vaz-Zoriyot, 22 oyat), degan so‘zini eslayman. Bu oyatni eshitgan kimsaning iltijo qilmoqqa haqqi bor. Yerga qarasam, Allohning: “Biz sizlarni (yerdan) yaratdik, yana unga kaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana bir bor undan chiqarurmiz”, (Toha, 55-oyat), degan so‘zini yodga olaman. Bu oyatni eshitgan kimsaning undan nasihat uqmoqqa haqqi bor. O‘ng tomonimga boqsam, Alloh taoloning: “O‘ng tomon egalari… O‘ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir. (Ular) tikansiz butazorlarda. Tizilgan bananzorlarda. Yoyilgan soya (osti)da. Oqizib qo‘yilgan suv (usti)da. Tugab qolmaydigan va man’ etilmaydigan ko‘pdan-ko‘p (turli tuman) meva-cheva (osti)da. Baland ko‘tarilgan ko‘rpachalar (usti)dadirlar. Darvoqe’, Biz ularni (oxu ko‘z hurlarni) daf’atan paydo qildik (ya’ni ular onadan tug‘ilmadilar, balki Allohning qudrati bilan daf’atan paydo bo‘ldilar). So‘ng ularni o‘ng tomon egalari uchun (yoshda ham, husnu jamol va qaddu qomatda ham) biri-biriga teng, ehtirosli bokira qizlar qilib qo‘ydik. (O‘ng tomon egalari bo‘lmish saodatmand kishilar) avvalgi (ummat)lardan ham ko‘pchilik, keyingilardan (ya’ni Muhammad alayhissalom ummatlaridan) ham ko‘pchiliqdir”, (Voqea, 27-40 oyatlar), degan so‘zini yodga olaman. Bu oyatni eshitgan kimsalarning kulmoqqa haqqi bor. Chap tomonga boqsam, Alloh taoloning: “Chap tomon egalari… Chap tomon egalari (bo‘lmoq) ne (baxtsizlik)dir. (Ular do‘zaxdan tinimsiz esib turadigan, badanlarni ilma-teshik qilib yuboruvchi) Samum (shamoli) va qaynoq suv ichida; Ba na salqin, na foydali bo‘lmagan qora tutundan iborat soya (osti)dadirlar”, (Voqea, 41-44-oyatlar), degan so‘zini esga olaman. Bu oyatni eshitgan kimsaning yig‘lamay iloji yo‘q”, deb javob qildi Baxlul.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.