Salomatlik
Tishlarni o‘z vaqtida davolatmaslik surunkali bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi aniqlandi
Bosh og‘rig‘i deyarli har bir insonda uchraydigan holat. Ba’zida u stress, charchoq, yuqori qon bosimi sababli yuzaga keladi. Ammo har doim ham sabab bosh miyada bo‘lavermaydi. So‘nggi yillarda shifokorlar va stomatologlar bosh og‘rig‘ining boshqa sabablari — chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi va tishlarning noto‘g‘ri joylashuvi bilan bog‘liq muammolarni aniqladi. Daryo shular haqida yozmoqda.
Chakka va pastki jag‘ bo‘g‘imi jag‘ni bosh suyagiga biriktiradi. Biz har kuni minglab marta aynan shu bo‘g‘im yordamida so‘zlashamiz, chaynaymiz, esnaymiz. Agar tishlardan biri tushib qolsa yoki protez noto‘g‘ri o‘rnatilsa, ana shu qismga yuklama teng taqsimlanmaydi. Natijada jag‘ asta-sekin siljiydi, bo‘g‘imga ortiqcha bosim tushadi va boshda og‘riq paydo bo‘ladi.
Bunday holatda bemorlar odatda quyidagi belgilarni sezadi:
• og‘iz ochilganda g‘ijirlash tovushi;
• jag‘ sohasida og‘riq yoki charchoq hissi;
• og‘izni to‘liq ochishning qiyinligi;
• bosh, bo‘yin va chakka qismida og‘riq.
Eng qiziq tomoni shundaki, bu og‘riqlar ko‘pincha migren yoki charchoq tufayli yuzaga keladigan bosh og‘rig‘i bilan adashtiriladi. Aslida esa og‘riq manbai boshda emas, og‘iz bo‘shlig‘ida bo‘ladi.
Jag‘ mushaklari boshning chakka sohasi bilan bevosita bog‘langan. Ularning tarangligi yoki spazmi peshona, chakka yoki ensa tomonda og‘riq beradi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasi faqat shu bilan cheklanmaydi. Jag‘ holati o‘zgarganda, umurtqa pog‘onasi ham unga moslashishga majbur bo‘ladi. Natijada orqa, bo‘yin va yelka sohalarida og‘riqlar paydo bo‘ladi. Demak, bu muammo butun tana tizimiga ta’sir qiladi.
Nega bu kasallik ayollar orasida ko‘proq uchraydi?
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jag‘ bo‘g‘imi bilan bog‘liq muammolar ayollarda erkaklarga qaraganda 3–4 baravar ko‘proq uchraydi. Buning sabablari quyidagicha:
• ayollarda suyak va biriktiruvchi to‘qimalar nozikroq bo‘ladi;
• gormonal o‘zgarishlar, xususan, estrogen darajasining pasayishi;
• ayollar orasida tish g‘ijirlatish (bruksizm) holati ko‘proq uchraydi, bu esa bo‘g‘imga ortiqcha bosim beradi.
Shu bois ayollar ko‘pincha bosh og‘rig‘ini charchoq yoki stress bilan bog‘lashadi, asl sabab esa tishlarning yo‘qligida yoki chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imidagi muammolarda bo‘ladi.
Kasallikni qanday davolash mumkin?
Ko‘plab odamlar yillar davomida og‘riqni faqat dori bilan yengishga harakat qiladi. Aslida esa muammo ildizi tushib qolgan bir dona tishda bo‘lishi mumkin. Shu sababli tishlar qatorini tiklash — implant, yoki protez qo‘yish lozim. Qanchalik erta chora ko‘rilsa, bo‘g‘imda surunkali o‘zgarishlar rivojlanish xavfi shunchalik kam bo‘ladi.
Shifokorlar ogohlantiradi: chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi uzoq muddatli zo‘riqishni “ko‘tara olmaydi”. Agar vaqtida davolash amalga oshirilmasa, bo‘g‘imni normal ishlash holatiga qaytarish ancha qiyinlashadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


