Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (24.03.2026)
2026-yilning 24-mart, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Agar shaxsiy hayotda garmoniya bo‘lishini xohlasangiz, juftingiz va oila a’zolaringizning ko‘nglini olishingiz kerak.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda tafakkur kuchiga suyangan holda harakatlar sodir eting.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun chalkashliklarga erk berishingiz umuman tavsiya qilinmaydi. Chunki oldingizda dolzarb masalalar o‘z yechimini kutib turibdi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Juftingizni ilgarigi muhabbatingiz bilan aslo taqqoslamang. Salomatlikni esa ehtiyot qiling.
Arslon (24.07 — 23.08)
Kunning birinchi yarmida yo‘lingizda yorqin hodisalar ko‘zga tashlanadi. Faqat ularni xayolparastlikka mukkangizdan ketmasangizgina ko‘ra olasiz.
Parizod (24.08 — 23.09)
Oila qurmaganlar bugun romantikaning eng totli lahzalariga oshno tutinishadi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Tadbirkorlar biznesiga ilgarigidan-da jiddiyroq munosabatda bo‘lishlari kerak. Asosan pul tikilgan vaziyatlarni qayta nazardan o‘tkazing.
Chayon (24.10 — 22.11)
Mabodo kechqurun sizga yangi ish taklif qilsalar, rozilik bildirishdan oldin internetga kiring-da, bu ishning tag-tugini surishtiring.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ya ko‘rmang.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Ish bajarishda reja tuzishga e’tibor qarating. Rejasiz ishlar sizga moddiy manfaatdorlik hadya etmaydi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Atrofdagilar, qarindoshlar, juftingiz va hamkasblar bilan muloqotda tilingizga ehtiyot bo‘ling. Yaqinlaringizga nisbatan muloyim munosabatda bo‘ling.
Baliq (20.02 — 20.03)
Tadbirkor bo‘lsangiz, ba’zi katta-kichik muammolaringizni obro‘li, yuqori lavozimli tanishingiz hal qilib beradi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


