Buxoro yangiliklari

Navro‘z shukuhi: Buxoroda “Sumalak sayli” va milliy liboslar chellenji o‘tkazildi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro shahrining “Otbozor” mahallasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi “Sumalak sayli” hamda milliy liboslar chellenji tashkil etildi.

Mazkur bayramona jarayon hudud ahlining birdamligi, qadimiy an’analarimizga bo‘lgan hurmati va milliy o‘zligimiz ifodasiga aylandi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Artiqova, shuningdek, Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ma’rifat Umarova ishtirok etib, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashdagi faolligi hamda mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etdilar.

Shuningdek, shahardagi 65 ta mahalladagi xotin-qizlar faollari sumalak tayyorlash jarayonida faol qatnashib, milliy an’analarimizni amalda namoyon etdilar. Milliy liboslar chellenji esa o‘zbekona did, nafislik va qadimiy urf-odatlarimizning zamonaviy talqindagi uyg‘unligini yorqin aks ettirdi.

Mazkur tadbir mahalla institutining ijtimoiy hayotdagi o‘rni, xotin-qizlarning faolligini oshirish, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish hamda Navro‘zning ezgu g‘oyalarini aholiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bayram davomida mahallada do‘stona muhit yanada mustahkamlanib, aholi o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat kuchaydi. Kattayu kichik bir davrada jam bo‘lib, qadriyatlarimizni birgalikda nishonladi.

Sumalak sayli esa nafaqat milliy taom tayyorlash jarayoni, balki birlik va hamjihatlik ramzi sifatida namoyon bo‘ldi. Ushbu jarayonda yoshlar ham faol ishtirok etib, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan an’analarni o‘rganishdi.

Milliy liboslar chellenji orqali esa qadimiy kiyimlarimizning zamonaviy talqini keng namoyish etildi. Bu esa yosh avlodda milliylikka bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.

Bunday tadbirlar mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada boyitib, Navro‘z bayramining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.