Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (25.03.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 25-mart, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermasinlar. Tani-joningiz salomat bo‘lsin!

Buzoq (21.04 — 21.05)

Muammolarni hal etishda sizga qaysarlik odatingiz katta yordam berishi mumkin. Muhabbatda ham shu odat sizga omad olib kelishga shay turadi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Atrofdagilar bilan muloqotda ko‘proq yon berishga e’tibor qarating, kam bo‘lmaysiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugun siz asosan sport va faollik talab qiluvchi o‘yinlarga e’tibor qaratishingiz zarur bo‘ladi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Muhabbatda oilalilarga ham, oilasizlarga ham faqat baxt, omad kulib boqadi. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o‘tkazing.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun do‘stlarning hech biri bilan bahsga kirishmang. Janjallashib qolishingiz xavfi bor.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Qarindoshlar bilan munosabatda kichik xafagarchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu vaziyatdan bosiqlik bilan, sukut saqlagan holda chiqib ketishga harakat qiling.

Chayon (24.10 — 22.11)

Pul masalasida juda ehtiyot bo‘ling. Bu kun bo‘yi qiladigan xaridlaringiz bilan bog‘liq. Do‘konda ko‘zingizga nima yaxshi ko‘rinsa, sotib olaversangiz, kisa qurib qoladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Muhabbatda bugun illyuziya hamrohingiz bo‘ladi. Asabiylashishlar, ishonchsizlik, xafaqonlik, zarda va minnatli lahzalardan yiroq bo‘lasiz.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Afsus, bugungi kuningiz xarajatlar ko‘pligi, daromadlar kamligi bilan sizga ters burilishi mumkin. Shuning natijasida kayfiyatingiz tushib ketishi kutiladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Kunning ikkinchi yarmida o‘zingizni lohas his eta boshlashingiz ehtimoli bor. Oldini oling.

Baliq (20.02 — 20.03)

Kunning birinchi yarmida yaqin kelajakda foydasi tegishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan uchrashib tanishasiz. Ular bilan xafalashib qolmaslikka alohida e’tibor qarating.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.