Qiziqarli
Olimlar qo‘rqinchli filmlarning kutilmagan foydasini aniqladi
Qo‘rqinchli filmlarni tomosha qilish haqiqiy foyda keltirishi mumkin. Olimlarning fikriga ko‘ra, bunday filmlar miyaga qo‘rquvni boshqarishga yordam beradi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘rqinchli filmlar noyob mashq vositasi kabi ishlaydi va miyaga shunday vaziyatlarni xavfsiz muhitda mashq qilish imkonini beradi. Miya ekrandagi voqealarni xavf simulyatsiyasi sifatida qabul qiladi, ammo shu bilan birga undan muhim saboqlar oladi.
Bundan tashqari, qo‘rqinchli filmlarda ko‘pincha tanib bo‘ladigan sxema saqlanadi: film oxirida yaxshilik yovuzlikni yengadi. Shu sababli tomoshabin ong ostida bosh qahramon oxir-oqibat omon qolishiga umid qiladi.
Ammo olimlar muhim istisnoni ta’kidlaydi: posttravmatik tajribaga ega odamlar uchun qo‘rqinchli filmlar zararli bo‘lishi mumkin, ular xavotir va umidsizlik hissini kuchaytiradi. Shuning uchun insonning psixikasidagi individual xususiyatlarni hisobga olish muhimdir.
Yangi qo‘rqinchli filmlar deyarli har hafta katta ekranlarga chiqayotgan bo‘lsa-da, tomoshabinlar janrga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmayapti.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


