Buxoro yangiliklari
Ichki ishlar vaziri Buxorodagi xodimlarga xizmat uylarini shaxsiy mulk qilib berildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning xizmat sharoitlarini yaxshilash hamda oilaviy barqarorligini ta’minlash ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Jamiyat tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani ado etayotgan xodimlar, shuningdek, ko‘p yillik xizmat faoliyati bilan el-yurt osoyishtaligiga hissa qo‘shgan faxriylar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ayniqsa, ularni uy-joy bilan ta’minlash masalasi alohida e’tibor markazida bo‘lib, ijtimoiy himoya mexanizmlari mustahkamlanmoqda.
Ana shunday e’tiborning yana bir yorqin ifodasi sifatida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatovning tegishli buyruqlari o‘qib eshittirilib, tizimda samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar va faxriylar e’tirof etildi.
Vazir buyrug‘iga muvofiq, xizmat muddati 20 yildan ortiq bo‘lgan xodimlar, uy-joy bilan ta’minlanmagan va xizmat davomida ijobiy natijalarga erishganlarga alohida e’tibor qaratildi. Turli lavozimlarda, jumladan, patrul-post va boshqa yo‘nalishlarda sidqidildan mehnat qilayotgan ofitser va serjantlarga ular yashab kelayotgan uylar shaxsiy mulk sifatida rasmiylashtirildi.

Shuningdek, tadbirda ichki ishlar tizimi faxriylarining mehnati qadrlanib, ularga ham shunday imkoniyat yaratildi. Nafaqaga chiqqan yoki xizmat davomida orttirilgan kasallik sabab tizimni tark etgan iste’fodagi xodimlarning ham yashab turgan uylariga egalik huquqi berildi. Uzoq yillar xizmat qilgan va bugun hurmatga sazovor bo‘lgan pensionerlarga uylar bepul topshirildi.
Tadbir davomida ta’kidlanganidek, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday amaliy g‘amxo‘rlik fidoyi xodimlar uchun munosib rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. O‘z uyiga ega bo‘lgan xodim ertangi kunga ishonch bilan qaraydi va xizmat vazifalarini yanada mas’uliyat bilan bajaradi.
Bu kabi tashabbuslar nafaqat ijtimoiy himoyani kuchaytiradi, balki xodimlarning ma’naviy-ruhiy holatini yaxshilaydi, xizmat intizomini mustahkamlaydi va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


