Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (26.03.2026)
2026-yilning 26-mart, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Oila qurmagan bo‘lsangiz-u, yaqinda bo‘lg‘usi juftingizni uchratgan bo‘lsangiz, kechqurun sizni navbatdagi romantik lahzalar kutib qoladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Muhabbatdan o‘zingizni olib qochmang. Garchi siz uchun juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz ideal hisoblanmasa-da, bardosh qiling.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Yangi ish topish fikridan bugun yiroq bo‘ling. Kechqurun tanishlar sizga serdaromad ish taklif etishlari mumkin.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Salomatligingizni mustahkamlash vaqti yetdi. Immunitetni mevalar yordamida ko‘tarish imkoni bor.
Arslon (24.07 — 23.08)
Bugungi kuningiz juda omadli kechadi. Kayfiyatingiz a’lo darajada, ishlaringiz baroridan kelishni kanda qilmaydi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Harajatlarni vaqtincha ortga suring. Shunda kissangiz pulsiz qolib xunob bo‘lmaysiz. Yaqinlaringizni tashqi xavflardan ehtiyot qiling.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Tadbirkorlar muhim uchrashuv va kelishuvlar, majlislarni kunning ikkinchi yarmiga surishlari zarur. Yo‘qsa, bu narsalar asosiy ishlarni bajarishda xalal berishi turgan gap.
Chayon (24.10 — 22.11)
Eski qarzlarni undirish, ish yuzasidan yangi kelishuvlarga erishish va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish bugun xayrli kechadi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Pul masalasida ochko‘z bo‘lmang, muhabbatda yengil fikrlamang. Shaxsiy hayotda to‘siqlar yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘lmaydi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Oila qurmagan bo‘lsangiz, kun bo‘yi bir odam bilan tanishishingiz mumkin. U bilan orangizda romantik tuyg‘ular paydo bo‘ladimi-yo‘qmi, bunisi hozircha qorong‘u.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun yangi tanishuvlarga yo‘l bermang. Bu harakatlar sizni boshi berk ko‘chaga olib kiradi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Kechqurun aqlli, obro‘li insonlar bilan muloqot qilishga urinib ko‘ring. Sog‘lig‘ingizni ham nazoratda ushlang.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


