Buxoro yangiliklari

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Buxoroga keldi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Tojikiston sammiti ikki davlat aloqalarida muhim bosqich bo‘ldi. Unda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ishtirokida Oliy davlatlararo kengashning ilk yig‘ilishi o‘tkazildi. Muzokaralar davomida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qator qo‘shma loyihalar ishga tushirilib, muhim xalqaro hujjatlar imzolandi.

pic 04

Bugun, 27-mart kuni esa ushbu tashrif doirasida Emomali Rahmon Buxoroga tashrif buyurdi.
Tojikiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Buxoro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Oliy martabali mehmonni buxoroliklar bayramona muhit va iliq tarzda kutib olish bilan qarshi oldi.

pic 02

pic 09

pic 11

pic 12

pic 08

Aeroport hududi gullar bilan bezatildi va milliy ruhdagi tantanali muhit yaratildi. Qariyb 500 nafar yoshlar saf tortib, mehmonni “Xush omaded” deya olqishlar bilan kutib oldi. Tadbir davomida o‘zbek va tojik tillarida she’rlar aytilib, ikki xalqning do‘stlik rishtalari tarannum etildi.

pic 03

Buxoroisharif.uz ma’lumotlariga ko‘ra, yetakchilar avvalo Bahouddin Naqshband majmuasiga tashrif buyurib, ziyorat qilishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng ular Buxoroning eski shahri bo‘ylab sayohat qilib, tarixiy maskanlar bilan tanishishlari, jumladan, Ismoil Somoniy maqbarasiga borish ham tashrif dasturidan o‘rin olgan.

pic 06

pic 10

Shuningdek, mehmonlar uchun madaniy tadbirlar va milliy ruhdagi konsert dasturlari tashkil etilgan.
Tojikiston prezidenti ishlab chiqarish korxonalari va sanoat obyektlari faoliyati bilan ham tanishadi.

pic 13

pic 15

pic 07

pic 05

Shu o‘rinda qayd etish o‘rinli-ki, ikki davlat o‘rtasidagi abadiy do‘stlik va qarindoshlik rishtalari tobora chuqurlashib bormoqda. Bu kabi uchrashuvlar esa xalqlar o‘rtasidagi ishonch va yaqinlikni yanada kuchaytiradi. Shubhasiz, bugungi Buxoro tashrifi ham ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

pic 28

pic 18

Yuqorida aytib o‘tilganidek, soat 13:00 dan so‘ng mamlakatimizda davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Buxorodagi qator tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi.

pic 27

pic 22

pic 19

Qadimiy Buxoro azaldan oʻzining benazir tarixiy, meʼmoriy va madaniy boyliklari bilan mashhur boʻlib, asrlar davomida fan, islom ilmi va maʼnaviyat markazlaridan biri sifatida tanilgan. Yoshi 2,5 ming yildan oshgan shaharning tarixiy markaziga 1993-yilda UNESCOning Butunjahon merosi obyekti maqomi berilgan.

pic 34

pic 20

Oliy martabali mehmon dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

pic 21

Majmua islom olamining ulugʻ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan boʻlib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va soʻfiylik tarixi muzeyini oʻz ichiga oladi. Bahouddin Naqshband taʼlimotining ezgu tamoyili – “Dil ba yoru, dast ba kor” shiori insonni mehnatsevarlik va ruhiy poklikka daʼvat etishi alohida taʼkidlandi.

pic 25

Soʻng Somoniylar maqbarasiga tashrif buyurildi.

pic 29

pic 30

pic 31

pic 33

Ushbu meʼmoriy yodgorlik Markaziy Osiyoda pishiq gʻishtdan bunyod etilgan eng qadimiy inshootlardan biri hisoblanadi. U IX asr oxiri – X asr boshlarida Somoniylar davlati asoschisi va birinchi hukmdori Ismoil Somoniy tomonidan sulolaviy maqbara sifatida qurilgan.

pic 24

Uning meʼmoriy qiyofasida nafaqat islom, balki islomdan avvalgi davr anʼanalari, jumladan, sugʻd madaniyatiga xos naqshlar ham oʻz aksini topgan. Taʼkidlanganidek, quyosh nurlarining tushishiga qarab, maqbara naqshlari turlicha jilolanadi, binoning kub va gumbaz shaklidagi kompozitsiyasi esa Yer va Osmon uygʻunligini ramziy ifoda etadi. Qalinligi qariyb ikki metrga yetadigan devorlar hamda yuqori sifatli gʻisht terimi tufayli ushbu noyob yodgorlik bugungi kungacha yaxshi saqlanib qolgan.

pic 26

Maqbaralarga ziyorat chog‘ida Qur’on tilovat qilinib, o‘tganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilab, duo qilindi.

pic 35

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Ark qo‘rg‘oni, Poi Kalon va Labi Hovuz majmualari bilan ham tanishdilar.

pic 38

Ark qo‘rg‘oni Buxoroning qadimiy qal’asi bo‘lib, qariyb 1500 yil davomida hukmdorlar qarorgohi sifatida xizmat qilgan. Uning dastlabki binolari miloddan avvalgi IV-III asrlarga mansub bo‘lib, hozirgi ko‘rinishi asosan XVI asrda shakllangan. Ilgari u saroylar, ma’muriy binolar, qurolxonani o‘z ichiga olgan “shahar ichidagi shahar” bo‘lgan. O‘rta asrlarda bu yerda Rudakiy, Ibn Sino va keyinchalik Umar Xayyom kabi buyuk mutafakkirlar yashab, ijod qilgani qayd etildi.

pic 39

Poi Kalon majmuasi Buxoroning eng ulug‘vor va mashhur me’moriy ansambllaridan biri sifatida katta qiziqish uyg‘otdi. U 1127-yilda qurilgan mashhur 45,6 metrli minora, 1514-yilda barpo etilgan va 12 ming kishini sig‘dira oladigan jome masjidi, shuningdek, islom olamining eng nufuzli ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Mir Arab madrasasini o‘z ichiga oladi. Masjid hovlisini o‘rab turgan 288 ta gumbazli galereya, yuzlab ustunlar va noyob akustika majmuaga alohida ulug‘vorlik bag‘ishlaydi.

pic 37

pic 41

Labi Hovuz ansambli Buxoroda saqlanib qolgan o‘rta asrlarga oid sanoqli maydonlardan biri bo‘lib, uning markazida qadimiy hovuz joylashgan. Asrlar davomida shahar aholisi bu yerga dam olish, suhbatlashish va savdo qilish uchun kelgan. Majmua tarkibiga Ko‘kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi madrasasi va xonaqohi kiradi.

pic 36

Tojikiston yetakchisi har bir tarixiy obidaning badiiy uyg‘unligi, milliy hunarmandchilik namunalari va tarixiy eksponatlarga katta qiziqish bildirdi. Oliy martabali mehmonga me’moriy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, naqshlar va ramzlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

pic 40

Buxoroning boy tarixi, Buyuk ipak yo‘lidagi o‘rni, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida hikoya qiluvchi bu qadamjolar Tojikiston delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi.

pic 42

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida mamlakatimiz yengil sanoatining imkoniyatlari bilan tanishdi.

pic 45

Davlat rahbarlari Buxoro viloyatidagi “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibidagi “Nigora” fabrikasiga tashrif buyurdilar.

pic 43

Qiymati 35 million dollarlik loyiha doirasida tashkil etilgan fabrika paxta xomashyosini qayta ishlashdan tortib, tayyor mato va kiyim-kechak tayyorlashgacha bo‘lgan uzluksiz ishlab chiqarish zanjirini yo‘lga qo‘ygan.

pic 44

“Shoyigul” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan tikuv-trikotaj va tayyor kiyim mahsulotlari asosan Yevropa mamlakatlariga, xususan, Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniyaga eksport qilinmoqda. Bu yerda 840 ta ish o‘rni yaratilgan.

pic 46

Korxonada xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy yuqori texnologik uskunalar Xitoy, Germaniya va Belgiyadan olib kelingan. Ikkinchi bosqichda sintetik tolalar va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

pic 48

Oliy martabali mehmonlar korxonaning shou-rumini va tayyor mahsulotlar namoyishini ko‘zdan kechirdilar.

pic 47

Yiliga 10 million dollarlik eksport qilayotgan fabrika mahsulotlarining sifati Tojikiston delegatsiyasi tomonidan yuqori baholandi.

pic 49

Tadbirlar yakunlangach, Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.

pic 50

Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.