Qiziqarli

Simsiz quloqchin tanlashda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

pic
Foto: Freepic.com

Loading

Bugungi kunda TWS quloqchinlarini tanlashda juda ko‘p modellar mavjud bo‘lib, ularning barchasi “toza ovoz”, “kuchli bass” va “shovqinni yo‘qotish” xususiyatlarini va’da qiladi. Ammo amalda xaridorlar ko‘pincha marketingga aldanib, bir xil xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ba’zida bu arzimas narsalar bo‘lsa, ba’zida esa birinchi zaryadlashdan keyinoq hafsalalari pir bo‘ladi. Daryo maqolasida shular haqida so‘z boradi.

1. Tovushni faqat texnik xususiyatlarga qarab baholash

Ko‘pchilik quloqchinlarni faqat texnik xususiyatlarga qarab tanlaydi: chastota, sezgirlik, qarshilik. Go‘yo raqamlar qanchalik katta bo‘lsa, tovush shunchalik yaxshi bo‘ladigan tuyuladi. Biroq raqamlar kafolat emas. Ba’zi 20 Gs – 20 kGs quloqchinlari jonsiz eshitilsa, boshqalari xuddi shu ko‘rsatkichlar bilan jonli va hajmli ovoz beradi. Hamma narsani raqamlar emas, balki sozlash, dinamiklar sifati, ulanadigan manba va hatto dasturiy ta’minot hal qiladi.

Shu sababli turli modellarning qanday ishlashini bilish uchun sharhlar va fikrlarga e’tibor qaratgan ma’qul. 

2. Shovqinni so‘ndirishga intilish

Faol shovqinni so‘ndirish bir paytlar faqat eng yuqori darajadagi quloqchin modellarining xususiyati bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda hatto eng arzon modellarda ham odatiy holga aylandi. Biroq yaxshi shovqin so‘ndirish – murakkab texnologiya. Arzon modellarda u ko‘pincha tovushni shunchaki bo‘g‘ib, quloqlarda bosim va “paxta tiqilgandek” his uyg‘otadi.

Agar bunday texnologiya haqiqatan ham kerak bo‘lsa, unda shovqinni so‘ndirish funksiyasi mavjud bo‘lgan emas, balki yaxshi ishlaydiganlarni tanlash kerak. Xato qilmaslik uchun fikrlar va sharhlarni o‘rganishingiz mumkin. Bundan tashqari, tafsilotlarga e’tibor qaratish lozim: mikrofonlar soni, shovqinni so‘ndirish darajasini sozlash imkoniyati, shaffoflik yoki ovozni kuchaytirish rejimining mavjudligi.

Boshqa hollarda esa, ovoz sifatini buzadigan va tinglashda charchatadigan sifatsiz shovqin so‘ndirishdan ko‘ra, oddiy passiv izolyatsiya afzal.

3. Audiokodeklarga ko‘r-ko‘rona ishonish

LDAC, aptX, LHDC kabi belgilar bugun deyarli sifatli tovush ramzi bo‘lib qolgan. Biroq telefoningiz uni qo‘llab-quvvatlamasa, kodekning nima foydasi bor? Yuqori aniqlik va past kechikishning afzalliklari faqat qog‘ozda qolmasligi uchun qurilmalar bir tilda “so‘zlashishi” kerak.

Bu arzimas narsa bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin u tovush chindan ham ajoyib bo‘lishini yoki shunchaki “qanday bo‘lsa shunday” chiqishini – oddiy SBC yoki AAC kodeklari orqali hal qiladi.

4. Noma’lum brendlarga ishonish

Onlayn bozorlarda siz ilgari hech qachon eshitmagan brendlarning ko‘plab “mo‘jizaviy quloqchinlari” mavjud. Ular juda arzon, ajoyib tovush va kuchli basslarni va’da qiladi – ammo natijada oshxonadagi eski radiodek jaranglaydi. Bunday quloqchinlar faqat juda ham talabchan bo‘lmagan foydalanuvchilarga to‘g‘ri keladi. Arzon mahsulotdan ko‘ra, sinovdan o‘tgan o‘rta darajadagi brendni tanlagan ma’qulroq. Aks holda ikki baravar pul to‘lashingizga to‘g‘ri keladi.

5. G‘ilof qulayligini yetarlicha baholamaslik

Quloqchinlar ovozi bilan sizni quvontirishi mumkin, ammo agar g‘ilof katta, noqulay va cho‘ntakka sig‘masa – bu kundalik foydalanish uchun jiddiy kamchilik hisoblanadi. Yaxshi g‘ilof bir qo‘l bilan oson ochiladi, qulay olinadi va hatto jinsi shimda ham sezilmaydi. Bu, ayniqsa, quloqchinlarni sport zaliga yoki kechki yugurish paytida olib yursangiz, juda muhim ahamiyatga ega.

Telefon g‘ilofi kundalik qulaylikning bir qismi bo‘lsa-da, negadir hamma uni unutib qo‘yadi. Agar siz uni faqat sumka yoki ryukzakda olib yurishni rejalashtirmayotgan bo‘lsangiz, u yengil, ixcham va qulay bo‘lishi kerak.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.