Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (29.03.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 29-mart, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Muhabbatda ham taqdirning jiddiy sinovlariga ro‘baro‘ kelishingiz mumkin. Bu sinovdan a’lo darajada o‘tishning bir yo‘li juftingizga yon berishdir.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Agar xayolparastlikka, indamaslikka berilmasangiz, o‘z orzularingizni ham haqiqatga aylantirish imkoni bor.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Bugun emotsiyaga zinhor erk bera ko‘rmang. Bu juda og‘ir vaziyatlarga tushib qolishingizni ta’minlashi mumkin.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Moliyaviy muammolaringiz a’lo darajada hal bo‘ladi. Kimdir olgan qarzini qaytaradi. Yana kimdir qo‘shimcha daromad keltiradigan ish taklif etadi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Buguningiz unumli va muvaffaqiyatli o‘tadi. Buning uchun o‘zingiz ham harakat qilib, ertalabdanoq ishga sho‘ng‘ishingiz lozim.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun shaxsiy hayotda favqulodda qaror chiqarilishi zarur bo‘lgan masala yuzaga kelishi mumkin.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Yuqori lavozimli shaxslarga yaqin bo‘lish istagida o‘zingizni o‘zingiz aldab ovora bo‘lmang. Bugun baribir bu harakatlaringiz havoda qolib ketadi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Muhabbatda og‘ir vaziyatlarda qolishingiz xavfi sezilyapti. Bundan chiqib ketish uchun tafakkurni ishga solishingizga to‘g‘ri keladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun mayda yumushlarni bir chetga suring-da, yirik ishlarga qo‘l uring.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kunning ikkinchi yarmida sizni yaqin tanishlardan biri mehmonga taklif etishi kutiladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun nafaqat o‘zingiz, balki atrofdagilarga nisbatan ham o‘ta talabchan bo‘ling.

Baliq (20.02 — 20.03)

Moliyaviy masalaga oldingilarga nisbatan yanada jiddiyroq munosabatda bo‘ling. Busiz kisangiz qurib qolishi tayin.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.