Texnologiyalar

Tezkor quvvatlash smartfon batareyasini “o‘ldiradimi?”

pic
Foto: Lifehacker.ru

Loading

Smartfon foydalanuvchilari orasida eng ko‘p tarqalgan savollardan biri — tezkor quvvatlash (fast charging) texnologiyasi batareyaga zarar yetkazadimi, yo‘qmi? Xitoylik YouTube blogerlar ushbu savolga ilmiy asoslangan javob topish maqsadida ikki yil davom etgan keng qamrovli tajriba o‘tkazishdi. daryo maqolasi shu haqida.

Tadqiqot doirasida ular 40 ta turli smartfon: iPhone, Samsung Galaxy, Xiaomi, Oppo, Vivo va boshqa brendlarning modellari ustida sinov o‘tkazildi. Qurilmalar ikki guruhga ajratildi: biri oddiy, ikkinchisi esa tez zaryadlovchi adapterlar yordamida har kuni to‘liq zaryadlandi.

Natijalar kutilmagan darajada ijobiy bo‘lib chiqdi. Ha, tez quvvatlash jarayoni batareya kuchiga ta’sir ko‘rsatadi, ammo bu farq nihoyatda kichik: 500 ta to‘liq zaryadlash siklidan so‘ng quvvat sig‘imi 1 foizdan biroz kamaygan. Boshqacha aytganda, farq amaliy jihatdan sezilmagan. Demak, bu tajriba zamonaviy batareyalar va ularni boshqaruvchi mikrosxemalar haqiqatan ham ancha ilg‘or ekanini ko‘rsatadi.

Shuningdek, blogerlar “batareyani faqat 30% dan 80% gacha zaryadlab turing” degan maslahatni ham sinovdan o‘tkazdi. Natijalar bu usul haqiqatan ham batareya umrini uzaytirishini tasdiqladi, ammo farq atigi 4 foizni tashkil etdi.

Tajriba davomida blogerlar yana bir muhim savolni o‘rganishdi: smartfonni 100% bo‘lganidan keyin quvvatda qoldirish zararli emasmi? Apple va boshqa ishlab chiqaruvchilar bunga ehtiyotkorlik bilan qarashni tavsiya etadi, biroq HTX Studio buning real oqibatini tekshirishga qaror qildi. Bir hafta davomida elektr tarmog‘iga uzluksiz ulangan oltita iPhone sinovdan o‘tkazildi va natijada hech qanday jiddiy muammo aniqlanmadi. Demak, zamonaviy qurilmalarda ortiqcha zaryadlanishni to‘xtatuvchi himoya tizimi yaxshi ishlaydi.

Tajriba yakunida mutaxassislar batareya sig‘imining kamayishi foydalanuvchi uchun qachon sezilishini aniqlashdi. Ularning fikricha, quvvat 85% ga tushganidan boshlab ishlash vaqti biroz kamayadi, 80% da esa bu farq aniq sezila boshlaydi.

Bundan tashqari, tez quvvatlashdan ko‘ra harorat omili ko‘proq zarar keltirishi isbotlandi. Batareya quyoshda qolganda yoki issiq stol ustida ko‘p saqlanganda tezroq eskiradi. Shuning uchun smartfonni quyosh nuri yoki issiqlik manbasidan uzoqda zaryadlash tavsiya etiladi.

Xulosa qilganda, tezkor quvvatlash batareyani “o‘ldirmaydi” — aksincha, foydalanuvchining kundalik hayotini qulaylashtiradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.