Salomatlik

Koronavirus paydo bo‘lishining sababi ma’lum qilindi. Ammo shubhalar ko‘p…

photo 190

Loading

COVID-19 odamlarga ko‘rshapalaklardan odamga noma’lum oraliq hayvon orqali yuqqan bo‘lishi mumkin. Bunday xulosaga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari va xitoylik olimlar bilan hamkorlikda Xitoyda olib borilgan tadqiqotlar yakunida kelindi. Bu haqda «Associated Press» axborot agentligi ekspertlarning nashr qilinmagan xulosasiga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassislar «COVID-19 laboratoriyadan sizib chiqqan» degan versiyadan voz kechishgan. Biroq, ular infeksiyaning paydo bo‘lishini aniqlash uchun tadqiqotlarni davom ettirish niyatida.

Agentlikka ko‘ra, olimlarning tegishli hisobotini nashr etish bir necha bor qoldirilgani Xitoyni himoya qilish va uni pandemiya aybdoriga chiqarib qo‘ymaslik uchun qilingan, degan taxminlarga sabab bo‘lmoqda. Agentlik hujjatning yakuniy versiyasini 29-mart, dushanba kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida diplomatdan olgan.

Unga ko‘ra, mutaxassislar COVID-19 ning kelib chiqishini to‘rtta asosiy versiyasini sanab o‘tgan. Ulardan biri koronavirusni ko‘rshapalaklardan odamlarga oraliq hayvon orqali yuqqani bo‘lib, ammo aynan qaysi hayvon ekanligini aniqlab bo‘lmagan. Taxminlarga ko‘ra, bu kaltakesaklar, mushuklar yoki qorako‘zanlar bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, «Bloomberg» agentligi JSST mutaxassislariga asoslanib, Xitoyda hayvonlar savdosi koronavirus kelib chiqishi sababi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi.

Joriy yilning boshida JSST mutaxassislarining xalqaro guruhi Xitoyda bir oyga yaqin vaqt davomida COVID-19 infeksiyasining kelib chiqishi sabablarini o‘rganishdi. Yakunda, ular koronavirusni kelib chiqishi, ehtimol, Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida yoki unga yaqin joyda yovvoyi tabiatda bo‘lishi mumkin degan farazlarni aytishdi.

2019-yil oxirida Xitoyda koronavirusning yangi – COVID-19 turiga sabab bo‘lgan infeksiya tarqalish avj oldi. Virus dastlab Xubey viloyatida joylashgan Uxan shahrida qayd etilgan.

2020-yilning 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda COVID-19 pandemiyasini e’lon qildi. O‘sha yilning 29-mart kuni Xitoy o‘z hududida koronavirus epidemiyasi tugaganligini e’lon qildi. Ammo kasallik butun dunyoga tarqalib ketdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib ushbu infeksiya bilan zararlanganlar soni 125 million nafardan oshib ketdi. U keltirib chiqargan kasallik asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni allaqachon 2,5 million nafardan ortdi.

Oldinroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasi kelib chiqishiga sabab bo‘lgan ehtimoliy farazni ma’lum qilgani, unga ko‘ra, virus «oraliq-vosita» orqali insonlarga yuqtirilishi tufayli pandemiya kelib chiqqani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hayvonlarda koronavirus manbaini aniqlay olmagani, Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mutaxassisi Lyan Vannanga ko‘ra, tadqiqot davomida ko‘rshapalaklar va pangolinlar orasida «SARS-CoV-2″ o‘xshash viruslar topilgan, ammo olingan namunalar aynan shu hayvonlar ”SARS-CoV-2» ning asl manbai ekanligini taxmin qilish uchun keskin farq qilishi haqida ma’lum bo‘lgan edi.

AQSH Kasalliklar tarqalishi va nazorat qilish markazi (CDC)ning sobiq rahbari Robert Redfild esa koronavirus Xitoydagi laboratoriyada paydo bo‘lgan, degan fikrlarni ilgari surmoqda.

Unga ko‘ra, ushbu infeksiya 2019-yilning sentyabr yoki oktyabr oylarida Uxan shahrida tarqalishni boshladi.

«Bu virus sentyabr-oktyabr oylarida Uxan shahrida tarqalishni boshlagan. Bu mening taxminim, bu shunchaki fikr … Men hali ham Uxan shahrida laboratoriya ushbu infeksiyani tarqalishi «xizmat qilgan» deb o‘ylayman», – deydi mutaxassis.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.