Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (30.03.2026)
2026-yilning 30-mart, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kayfiyatingiz a’lo ko‘rinishda uyqudan uyg‘onasiz. Ish joyingizda ham sokinlik hukm suradi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ba’zilarning shaxsiy hayotida tub burilish yuzaga kelishi mumkin. Lekin ushbu burilish siz uchun juda yoqimli kechadi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Tadbirkorlardan kimdir hamkorlar bilan kelisha olmay qolishi va oqibatda yangi hamkor qidirish payida bo‘lishi kutilmoqda.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun oldingizda bir dona muammo ko‘ndalang turishi mumkin. Bu yaqin insoningiz bilan orangizdagi munosabatlar buzilishidir.
Arslon (24.07 — 23.08)
Yangi tanishuvlarga duch kelish kerak bo‘lsa, qalbingizga maslahat soling. U sizga yaxshi-yomonni darrov ajratib beradi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Kuningiz yengil kechmasligi tayin. Ammo ish masalasiga buning bog‘liqlik yeri yo‘q. Ish bir maromda bo‘ladi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun emotsiyani vaqti-vaqti bilan jilovlay olmay qolishingiz kutiladi. Bu natijada depressiyaga olib kelishi ham hech gap emas.
Chayon (24.10 — 22.11)
Buguningiz ham yaxshi, ham yomon kechishi mumkin. Yaxshiligi shundaki, ishlaringiz baroridan keladi. Kissangiz pulga to‘ladi. Yomoni esa shaxsiy hayot bilan bog‘liq.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun tajribaga boyligingiz va to‘g‘ri so‘zliligingiz sizga faqat foyda beradi. Iloji bo‘lsa, bugun ertaroq uxlashga yoting.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Yaqin qondoshlardan kimdir sizga nisbatan sovuq muomalada bo‘lishi mumkin. Bosiqlik bilan bu vaziyatdan chiqib ketishga harakat qiling.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kechqurun zerikishga vaqtingiz bo‘lmaydi. Yo olisda yashaydigan qarindoshingiz mehmonga keladi, yo juftingizni olib kinoga borishingiz ehtimolga yaqin.
Baliq (20.02 — 20.03)
Kuningiz juda unumli kechadi. Ayniqsa tijoratchilar, bozorchilarning kuni tug‘adi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


