Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (31.03.2026)
2026-yilning 31-mart, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Barcha ishlaringiz baroridan keladi. Lekin mayda-chuyda yumushlarga ham e’tibor qaratib qo‘yishingiz shart.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Mabodo yaqin insoningizga kutilmagan sovg‘a hozirlamoqchi bo‘lsangiz, ish orasida vaqt topib o‘sha xaridni amalga oshiring.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Qanday ish bo‘lishidan qat’i nazar astoydil yeng shimargan holda harakatni boshlang.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Moliyaviy masalada ba’zi to‘siqlar, tushunmovchiliklarga duch kelsangiz, darrov asabiylashishga tushib ketmang.
Arslon (24.07 — 23.08)
Kimdir anchadan beri sport bilan shug‘ullana boshlashni va zararli odatlardan voz kechishni istagan bo‘lsa, o‘sha fursat yetdi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Atrofdagilar bilan muloqotda juda ehtiyot bo‘ling. Ularga ishonib qolmang. Eski qadrdonlar bilan ham hushyorlikda munosabat yuritishingizga to‘g‘ri keladi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Muhabbat bobida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishni xohlamasangiz, faqat qalbingiz amriga bo‘ysungan holda ish tuting.
Chayon (24.10 — 22.11)
Xayolparastlik, bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsalarni orzulab yotishni to‘xtating-da, hayotga real nazar bilan boqing.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kimlardir istasangiz-istamasangiz, maslahat berishni boshlasa, tinglash bilan cheklaning.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Kutilmaganda qo‘lingizga kelib tushadigan dasta-dasta pullar qalbingizda rosmana bayram boshlanishiga sabab bo‘ladi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ijodkorlar kun davomida ilhom kelmasligi oqibatida yaxshigina asabiylashib olishlari mumkin.
Baliq (20.02 — 20.03)
Erta uyg‘oning, kerakli odamlarga qo‘ng‘iroq qiling, shaxsiy va moliyaviy muammolarni tanish-bilishlar ko‘magida hal qilish harakatiga tushing.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


