Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (01.04.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 1-aprel, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun zerikarli ishlarni bir chetga suring-da, qandaydir original, qiziq va nafi ko‘proq tegadigan ish toping.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Bugun professional kasbingiz bilan bog‘liq yumushlarni ado etish jarayonida qarama-qarshiliklar, turli to‘siqlarga duch kelishingiz mumkin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Salomatlikni mustahkamlash va zararli odatlardan voz kechish bugun omadli kechadi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Ovqatlanishda rejimni buzmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling

Arslon (24.07 — 23.08)

Kun muvaffaqiyatli va unumli o‘tishi uchun oldingizga aniq bir maqsadni qo‘ygan holda harakatlar sodir etishingiz kerak.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bir jamoada anchadan beri birga ishlaydigan hamkasblarga va do‘stlarga ishonch bajo aylang.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Bajarishingiz kerak bo‘lgan ishlar qalashib yotibdi. Dangasalikka yo‘l qo‘ysangiz, daromaddan aniq quruq qolasiz.

Chayon (24.10 — 22.11)

Moliyaviy masalada omadli kun deb bo‘lmaydi. Daromad olasiz, ammo qarzlarni qaytarish, yaqin kelajakda sarflanadigan pullar hisobini olishingizga to‘g‘ri keladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Pul masalasida tavakkalchilikdan saqlaning. Birovlarni aldashni ham xayolingizga keltira ko‘rmang. Bularning ajri yomon bo‘ladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Hisobotlar tayyorlashda, tadbirkor bo‘lsangiz, yangi shartnomalarni imzolashda sergak bo‘ling. Aldanib qolishingiz xavfi bor.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Ko‘ngli “qora” lardan biri shaxsiy hayotingizga ochiqchasiga aralashishga, juftingiz bilan orangizni buzishga bel bog‘lagan. Doimo hushyor turing.

Baliq (20.02 — 20.03)

Tashqi ko‘rinishingizni yaxshilash niyatida o‘tkazadigan barcha eksperimentlar muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun do‘stlar bilan uchrashib vaqt o‘tkazishingiz mumkin.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.