Buxoro yangiliklari

2025-yilda jami 11 nafar xorijlik Buxoroga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan

pic
Foto: Lifejourney4two.com

Loading

O‘zbekistonga doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelayotganlar soni ortib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda xorijdan jami 1 159 nafar shaxs mamlakatga ko‘chib kelgan.

Statistikaga ko‘ra, ko‘chib kelganlarning asosiy qismini Rossiya va Qozog‘iston fuqarolari tashkil etadi. Xususan, Rossiyadan kelganlar umumiy ko‘rsatkichning 39,9 foizi, Qozog‘istondan kelganlar esa 20,3 foizini egallagan.

Shuningdek, Tojikistondan 10,3 foiz, Qirg‘izistondan 4,3 foiz hamda Turkmanistondan 3,1 foiz ko‘chib kelganlar qayd etilgan. Qolgan 22,1 foiz boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida esa ko‘chib kelganlarning eng katta qismi Toshkent shahrida istiqomat qilishni tanlagan — 698 nafar. Shuningdek, Toshkent viloyatiga 275 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 101 nafar kishi joylashgan.

Boshqa hududlarda ko‘rsatkichlar nisbatan past bo‘lib, Buxoro viloyatiga 11 nafar, Sirdaryo viloyatiga 24 nafar, Farg‘ona viloyatiga 14 nafar kishi ko‘chib kelgan.

Shuningdek, Jizzax viloyati va Navoiy viloyatiga 12 nafardan, Xorazm viloyatiga 7 nafar, Qashqadaryo viloyati va Samarqand viloyatiga 2 nafardan, Namangan viloyatiga esa 1 nafar ko‘chib kelgan.

Mazkur raqamlar O‘zbekistonga ko‘chib kelish jarayonida ayniqsa qo‘shni va yaqin davlatlar fuqarolari ustunlik qilayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, poytaxt va unga yaqin hududlar migratsiya uchun eng jozibador manzil bo‘lib qolmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.