Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (02.04.2026)
2026-yilning 2-aprel, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Qarindoshlardan biri nimadandir qattiq havotirga tushib sizni yordamga chaqirishi kutilmoqda. Bunday ishlarni bosiqlik bilan amalga oshirish lozimligini unutmang.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Oilasizlarning romantik lahzalarni boshdan kechirishi ham ehtimolga yaqin. Ayrimlar ish bilan boshqa shaharga jo‘nab ketishi kutiladi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda har doimgiga nisbatan muloyimroq va qat’iyatliroq bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Barchaga qanday ishlarga qodir ekaningizni ko‘rsatib qo‘ying. Bu sizga juda qo‘shimcha daromadlar oqib kelishini ta’minlaydi.
Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun jufti bilan jiqillashib qolganlar uchun yarashish imkoni tug‘iladi. Undan foydalanib qoling.
Parizod (24.08 — 23.09)
Kun davomida allakimlarning bema’ni savollari, tanqidlaridan charchaysiz. Iloj qancha. Hayotda har xil odam bor-da.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Kunning birinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan o‘tkazishingiz ehtimoli bor.
Chayon (24.10 — 22.11)
Sizni oldinda yirik xaridlar kutib qoladi. Pullar o‘sha yoqqa sarflansa kerak.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Zimmangizdagi vazifalarni ko‘ngildagidek ado etish uchun do‘stlarni, tanishlarni jalb eting. O‘zingiz kechga qadar bu ishlarni yakunlashga ulgurmaysiz.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Juftingizning o‘zini tutishida shubhali harakatlar yuzaga kelganini payqab qolgan bo‘lsangiz, ochiqchasiga gaplashib olishdan tiyilmang.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Tushdan so‘ng yoningizga o‘zingiz uchun juda kerakli bir odam tashrif buyurishi kutiladi. Bu qarz olgan-u, anchadan beri qorasini ko‘rsatmay qo‘ygan tanish bo‘lishi ham mumkin.
Baliq (20.02 — 20.03)
Uyg‘ongandan hech qayerga borishni, hatto, ko‘chaga chiqishni ham istamaydigan kayfiyatda bo‘lishingiz kutiladi. Uydagilar bilan birga vaqt o‘tkazganingiz ma’qul.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


