Salomatlik

Bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradigan mahsulotlar

pic
Foto: Freepic.com

Loading

Kutilmaganda paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaruvchi sabablar talaygina. Og‘riq baʼzan havodagi keskin o‘zgarish, baʼzan esa shovqin-suronli bazmda ishtirok etish natijasida sizga azob berishni boshlaydi. Daryo maqolasi shu haqida.

Biroq oramizda ko‘pchilik ayrim mahsulot isteʼmoli ham bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida bilmaydi. Kutilmaganda rejalaringizni o‘zgartirib yuboradigan bosh og‘rig‘iga duchor bo‘lishni istamasangiz, ushbu mahsulotlar isteʼmolida meʼyorni unutmang.

Tarkibida kofein saqlovchi ichimliklar

Bu siz sevib isteʼmol qiladigan qahva, choy, quvvatbaxsh ichimliklar bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida surunkali migrendan aziyat chekuvchi insonlar kofeindan voz kechganlaridan keyin o‘zlarini avvalgidan yaxshiroq his qila boshlaganlari qayd etilgan.

Muzlatilgan mahsulotlar

Taomni shoshilib yeyish, jismoniy faollikdan keyin yoki terlagan holda muzqaymoqni paqqos tushirish, limonad, smuzi ichish bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi turgan gap.​

Sho‘r ovqatlar va tuzlamalar

Ular qon bosimining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi, bosh og‘rig‘i va migrenni keltirib chiqaradi. Tarkibida konservantlar saqlanadigan va qayta ishlov berilgan tuzlamalar esa salomatlik uchun ikki karra xavflidir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.