Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (03.04.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 3-aprel, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Shaxsiy muammolar bo‘lgan taqdirda ham qayg‘urishga, asabiylashishga arzimaydi. Ularni yo‘l-yo‘lakay ijobiy hal etib ketish qiyin emas.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Shaxsiy hayotingizga bir notanish va shubhali shaxs kirib olish payida bo‘lishi mumkin. Ammo tashvish chekmang. Iftorlikdan oldin toza havoda sayr qiling.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Salomatligingizni ko‘z qorachig‘idek ehtiyot qiling. Ro‘za tutmagan bo‘lsangiz ro‘zadorlarga hizmat qiling.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Dunyoga optimist nazari bilan boqishingiz tavsiya qilinadi. Hayotingiz, kelajagingiz o‘zgalar emas, o‘zingizning qo‘lingizda ekanini unutmang.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun salomatlikni mustahkamlash doirasida profilaktika amallarini o‘tkazish xayrli kechadi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Agar sog‘lig‘ingiz yomonlasha boshlaganini sezsangiz, barcha ishlarni yig‘ishtirib, dam olishni tanlang. Yoshi ulug‘ va kam taminlangan qo‘ni qo‘shnilarga iftorlik qilib bering.

Tarozi (24.09 — 23.10)

O‘zingizga haddan ziyod ishonib yuborishdan tiyiling. Aks holda qarindoshlar, yaqinlaringizni ranjitib qo‘yishingiz mumkin.

Chayon (24.10 — 22.11)

Kuningiz unumli kechadi. Muammolarni bartaraf etishda yaqin tanishlarni, do‘stlarni albatta jalb eting.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Kimdir sizga o‘ta serdaromad ishda hamkorlik taklif qilishi mumkin. Javobini cho‘zmang, darhol rozi bo‘ling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Moddiy ahvolingiz sal yomon bo‘lishi mumkin. Tanishlardan picha qarz ko‘tarishingizga to‘g‘ri keladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Omadga erishishni istasangiz, tanishlar, do‘stlar yordamidan voz kechmang. Mag‘rurlikni bir chetga surib qo‘ying.

Baliq (20.02 — 20.03)

Yaxshi tanish bo‘lmaganlar bilan shaxsiy muammolarni aslo muhokama qilmang. Kechqurun madaniy hordiq, kitob o‘qish fayzli kechadi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.