Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (04.04.2026)
2026-yilning 4-aprel, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun oila qurmaganlarning hayotida favqulodda hodisa sodir bo‘lishi mumkin. Kimnidir sevib qolishingiz kutilmoqda.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Odamlar to‘g‘risida yomon xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Aksincha atrofdagilarning yaxshi xislatlarini qidirib toping.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Moliyaviy muammolar kechqurunga borib ijobiy hal bo‘ladi inshoolloh. Qarzlaringizni albatta to‘lab qo‘ying.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ish boshlashdan oldin rejani puxtalab oling. Mayda-chuyda jihatlarini ham nazardan qochirmang.
Arslon (24.07 — 23.08)
Mavqeingiz sizning qarshiligingiz yo ikkilanishingizga qarab o‘tirmasdan yuqori cho‘qqilarni zabt eta boshlaydi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Shaxsiy hayotingiz optimizmga to‘la bo‘ladi. Atrofdagilar, tanishlar, do‘stlar xatoga yo‘l qo‘ysa, tanqid ostiga olmang.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Kun bo‘yi sizga qo‘shimcha daromad beruvchi ish taklif etishlari mumkin. Oldin har taraflama o‘ylab keyin rozilik bildirsangiz yomon bo‘lmasdi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Kuningiz muhabbat, mehr va yorqin lahzalarga boy bo‘lishi kutilmoqda.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kechqurun sizni qarindoshlar yoki do‘stlardan biri mehmonga taklif etishi ehtimolga yaqin.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun emotsiyani o‘z vaqtida jilovlashga harakat qiling, asabiylashmang.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ishlaringiz baroridan kelishi sizni shu qadar quvontiradiki, yaqinlaringizni ham unutib, go‘yo yettinchi osmonda parvoz qila boshlaysiz.
Baliq (20.02 — 20.03)
Xohishlar ko‘p, orzular bir dunyo. Ammo ularning haqiqatga aylanish-aylanmasligi o‘zingizga bog‘liq.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


