Buxoro yangiliklari
Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi raisi Yerlan Koshanov Buxoroga keldi
Kecha, 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi o‘rtasidagi Parlamentlararo hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va institutsional aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.
Yig‘ilishda delegatsiya rahbarlari o‘tgan yil Olmaota shahrida o‘tkazilgan majlisdan so‘ng amalga oshirilgan ishlar hamda bugun Buxoro shahrida muhokama qilingan dolzarb masalalar yuzasidan batafsil axborot berdi. Tomonlar davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari va prezidentlar darajasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan parlamentlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni muhokama qildilar.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda ikki davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalari mustahkamlanib, ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

Parlamentlararo aloqalarni kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Shu maqsadda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik Parlamentlararo kengash darajasiga olib chiqilib, uning faoliyati yanada tizimli yo‘lga qo‘yildi. Parlament a’zolari esa oliy darajada erishilgan kelishuvlarning qonunchilik asoslarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat bermoqda.
Majlis davomida savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish va axborot texnologiyalari sohalaridagi hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, madaniy-gumanitar va turizm yo‘nalishlarida aloqalarni kengaytirishda parlamentlarning o‘rni muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Tomonlar qonun ijodkorligi sohasida o‘zaro tajriba almashish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni yanada boyitish masalalariga to‘xtaldilar. Shu bilan birga, erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yig‘ilish yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan aniq rejalar belgilab olindi. Bu esa O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi aloqalar kelgusida ham izchil va samarali davom etishidan dalolat beradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


