Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (05.04.2026)
2026-yilning 5-aprel, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Rejalashtirgan barcha ishlarni bajarish uchun sizda kuch va imkoniyatlar yetarli bo‘ladi
Buzoq (21.04 — 21.05)
Juftingizdan ayrilib qolishni istamasangiz, o‘zingiz munosabatlarga iliqlik kiritishda ojiz qolayotgan bo‘lsangiz, yaqin qarindoshlarga maslahat soling.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ish bajarishda faqat qalbingiz amri bilan cheklanib qolmang. Tajribangizdan ham unumli foydalaning.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Qachonlardir xafalashib qolgan qadrdoningiz bilan bugun tasodifan uchrashib qolib, yarash oshiga hozirlik ko‘rishingiz mumkin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Ko‘zlangan manzilga, orzularga shoshilmasdan boravering. Agar bu masalada ahvol negadir shubhali ekanini ilg‘ab qolsangiz, hammasini yig‘ishtirib qo‘ying-u, dam oling.
Parizod (24.08 — 23.09)
Muhabbatda sobiq sevgilingizni uchratib qolishingiz ehtimoli bor. Bosiqroq bo‘ling.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Istak va xohishlaringiz bilan munosabatlarga oydinlik kiritib oling. Bo‘lmasa, o‘rgimchak to‘ridan-da chalkashroq vaziyatlarga tushib qolishingiz mumkin.
Chayon (24.10 — 22.11)
Oila qurmaganlarning aksariyatini bugun omad kutadi. Siz orzungizdagi insonni nihoyat uchratib tanishish baxtiga musharraf bo‘lasiz.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ertalabdan ro‘zg‘ordagi yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etishingizga to‘g‘ri keladi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Omadsizlik va muvaffaqiyatsizliklardan aslo cho‘chimang. Negaki, siz har qanday og‘ir va chalkash ishlarni ham ko‘zingizni yumgan holda uddalay olasiz.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ertalab yomon kayfiyatda uyg‘onishingiz mumkin. Biroq bu juftingiz bilan azonlab janjallashish kerak degani emas.
Baliq (20.02 — 20.03)
O‘zingiz yaxshi tanimaydigan odamlarga bilib-bilmay siringizni aytib qo‘ymang. Pulingizni asrang. Xaridlarga erk bermang.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


