Islom

Kambag‘allarni kamsitmang, ularga yaqin bo‘ling

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Insoniyat bor ekan,jamiyatga o‘ziga to‘q boylar ham, miskin hamda kambag‘allar ham bo‘ladi. Lekin kishining qadri boylik va kambag‘allik bilan o‘lchanmaydi. Boylik haqiqiy sharaf bo‘lmagani kabi kambag‘allik ham ayb yoki nuqson emas, balki Allohning taqdiri va sinovidir. Qur’oni karimda bunday deyiladi:

Ya’ni Bas, endi insonni qachon, Parvardigori sinov uchun ikrom etib, unga ne’mat ato etsa,darhol: “Parvardigorim (loyiq bo‘lganim uchun) meni ikrom etdi”, der. Ammo, qachon (Parvardigori) uni sinov uchun, rizqini tang qilib qo‘ysa, darhol: “Parvardigorim meni xor qildi”, der (Fajr,15-16).

Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo s. a. v. aytdilar: “Islomda hidoyat topganlarga muncha ham yaxshi! Uning kuni zo‘rg‘a, uchma-uch o‘tadi. Alloh taolo unga berganiga qanoat etadi” (Imom Muslim rivoyati).

Boy bilan kambag‘al o‘rtasidagi fazilat xususida naql etilgan xabarlarning zohiri faqirlikning afzalligiga dalolat qiladi. Lekin, buni batafsil bayon etish lozim. Aytamizki, chindan ham shak-shubha va uning xilofi sabrli faqir haqida tasavvur etiladi. Xaris faqir va shuningdek, shukr etuvchi, mol-dunyosini yaxshilik yo‘lida nafaqa etuvchi boy yoki tamagir faqir bilan haris boyda shak-shubha yo uning aksi tasavvur etilmaydi. Ma’lumki, qanoatli faqir haris, baxil boydan afzaldir. Yaxshilik yo‘lida molini sarflaydigan boy ochko‘z, tamagir faqirdan afzaldir. Agar boy kishi mol-dunyo bilan ruxsat berilgan narsalarda orom topsa ham, serqanoat faqir undan afzaldir.

Muso (alayhissalom)ga aytildi: Agar senga kelayotgan faqirlikni ko‘rsang, ayt: “Solihlarning shiori bilan xush kelibsan”. Agar kelayotgan boylikni ko‘rsang, ayt: “Uqubati tezlashtirilgan gunoh kelmoqda”.

Payg‘ambarimiz s. a. v. Oyshaga aytdilar: “Siz hargiz boylar majlisida o‘tirmang” (Imom Termiziy bu hadisni Oyshadan boshqacha lafz bilan rivoyat qilgan).

Qanchalab boylar bor, boyliklari ularni Alloh taolodan mashg‘ul etmaydi. Ular Sulaymon (alayhissalomga) o‘xshash hamda Usmon ibn Affon va Abdurahmon ibn Afv kabidirlar.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.