Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (08.04.2026)
2026-yilning 8-aprel, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Shuning uchun tayyor turishingizga to‘g‘ri keladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Shaxsiy hayotda juftingizni rashk qilishdan tiyiling. Ayniqsa, bu rashk isbotga ega bo‘lmasa, orangizda jiddiy qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi hech gap emas.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kun davomida hamkasblarning qaysidir biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Shu sababli o‘zingizni og‘ir tuting. Ko‘proq tinglang.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Maqsadingiz faqat ko‘proq pul topish va mavqeni mustahkamlashdan iborat bo‘lishi kerak. Faqat tashqarida qarama-qarshi jins vakil yo vakilalari bilan don olishib qo‘ymang
Arslon (24.07 — 23.08)
Ishlaringiz bir talay. Ularni bajarish uchun masalaga real nazar bilan boqishingiz lozim.
Parizod (24.08 — 23.09)
Qarindoshlar bilan munosabatlaringizda ham muammo yuzaga keladi. Bu kelishmovchiliklarni qanday bartaraf etishingiz esa keyinroq ma’lum bo‘ladi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Tushdan keyin xayolingizda ham bo‘lmagan tarafdan omad yuz ko‘rsatishi kutiladi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Kechqurun sevgan insoningiz sizga kutilmagan sovg‘a hadya etmoqchi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kuningiz unumli bo‘ladi. Bajarayotgan ishlaringiz ketma-ket o‘z mevasini bera boshlaydi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun qarindoshlar bilan tillashmay turing. Janjal chiqish xavfi bor.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Nimaiki ishga qo‘l urmang, hamkasblar bilan kelishgan holda jamoaviy tarzda bu yumushni ado eting.
Baliq (20.02 — 20.03)
Oila qurmaganlar kechki payt bir ko‘rishda muhabbat jumlasi safsata emasligiga shaxsan guvohlik qilishadi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


