Hodisalar

Buxoroda 1849 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

pic
Foto: Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi

Loading

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan DXX hamda IJQKD vakillari bilan hamkorlikda Vobkent tumanida kontrafakt dori vositalarining noqonuniy savdosiga barham berish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tadbir davomida nazorat ostiga olingan dorixonalardan birida farmatsevt xodim tegishli hujjatlarsiz, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

Shundan soʻng mazkur dorixona xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, umumiy qiymati qariyb 48 million soʻmni tashkil etuvchi 44 turdagi, jami 1849 dona kirim hujjatlarisiz va sifati kafolatlanmagan dori vositalari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda ushbu dori vositalari vaqtincha saqlovga olingan boʻlib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy dori vositalari savdosi aholining sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diradi. Sifati kafolatlanmagan preparatlar kutilmagan asoratlar va og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois mutasaddi idoralar tomonidan bunday holatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari muntazam davom ettirilmoqda.

Fuqarolarga esa dori vositalarini faqat litsenziyaga ega dorixonalardan xarid qilish tavsiya etiladi. Shubhali mahsulotlarga duch kelganda tegishli idoralarga murojaat qilish muhim hisoblanadi. Bu kabi tezkor choralar sog‘liqni saqlash tizimida xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.