Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (09.04.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 9-aprel, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Ishxonadagi ishlaringiz yuz foiz baroridan kelishi kutilmoqda. Asosiysi, har bir harakatni bardosh va matonat bilan sodir eting.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Dangasalik qilishni xayolingizga ham keltirmang. Daromaddan quruq qolib ketasiz.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Yolg‘izlik sizga hech qachon do‘stlik qilmaydi. Shuning uchun o‘zingizga har jihatdan mos bo‘lgan suhbatdoshlar, do‘stlarni qidirib toping.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Hayotda kimni yo nimani qadrlasangiz, unga nisbatan mulohaza bilan munosabat yuriting. Moliyaviy ahvolingiz ham bugun ajoyib ko‘rinishda bo‘ladi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Ko‘chada qarama-qarshi jins vakillari va vakilalari bilan don olishib qo‘yishdan saqlaning. Ovqatlanishda me’yorni biling.

Parizod (24.08 — 23.09)

Miyangizga ajoyib g‘oyalar oqib kelishi kutilmoqda. Agar bu masalani ishxonadagi rahbar bilan bamaslahat hal etsangiz, yaqin kelajakda mukofot naqd deyavering.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Ishxonada bir-biridan yorqin va foydasi bir dunyo g‘oyalarni o‘rtaga tashlaysiz. Hech kim e’tibor qilmaydi. Asabiylashmang.

Chayon (24.10 — 22.11)

Shaxsiy hayotingizda ba’zi chalkashliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Ularni bartaraf etishda tajriba va yillar osha yig‘ilgan bilimlar manbai yordam beradi

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Yaqin bir do‘stingiz bilan ancha oldin janjallashib qolgan bo‘lsangiz, bugun yarashish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Zimmangizdagi vazifani ado etishga ulgurish uchun astoydil ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun reklama va moliya sohasida mehnat qiluvchilar muvaffaqiyatlarga erishishadi. Ammo pulni havoga sovurib qo‘yishdan saqlaning.

Baliq (20.02 — 20.03)

Bugun tanlaganingizning yangi jihatlaridan voqif bo‘lasiz. Bu orangizda janjallar kelib chiqishiga barham bersa ajab emas.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.