O‘zbekiston

Buxoroda yuqori murakkab operatsiya: jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi

pic
Foto: Buxoro viloyat SSB

Loading

Kecha, 8-aprel kuni Buxoro viloyatida tibbiyot sohasida muhim tarixiy voqea qayd etildi. RSHTYIM Buxoro filialida qariyb 10 soat davom etgan jigar transplantatsiyasi operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Mazkur yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti Respublika kattalar milliy markazidan tashrif buyurgan bosh transplantolog Jasur Sobirov va uning jamoasi, shuningdek filial mutaxassislari tomonidan M. Rajabov rahbarligida bajarildi. Mutaxassislarning o‘zaro hamkorligi natijasida murakkab operatsiya yuqori saviyada amalga oshirildi.

“Jigar sirrozi” tashhisi bilan og‘rigan 40 yoshli bemorga uning 38 yoshli singlisi donor sifatida jigarining bir qismini taqdim etdi. Amaliyot muvaffaqiyatli yakunlanib, bemorga sog‘lom jigar bo‘lagi ko‘chirib o‘tkazildi.

Hozirda donor va resipiyentning ahvoli barqaror bo‘lib, ular belgilangan standartlar asosida zarur tibbiy muolajalarni olmoqda. Shifokorlar tomonidan bemorlarning holati doimiy nazorat ostida kuzatilmoqda.

Ushbu operatsiya viloyatda transplantologiya sohasini rivojlantirish va yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni hududlarda yo‘lga qo‘yish yo‘lida muhim bosqich hisoblanadi. Bu kabi amaliyotlar ilgari faqat markaziy klinikalarda bajarilgan bo‘lsa, endilikda hududlarda ham amalga oshirilayotgani katta yutuqdir.

Mutaxassislar kelgusida yanada murakkab operatsiyalarni bajarish uchun bilim va tajribalarini oshirishni maqsad qilgan. Bu esa aholi uchun sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Eng muhimi, og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlar uzoq hududlarga bormasdan o‘z viloyatida davolanish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.