Buxoro yangiliklari
Qorako‘l va Romitan tumanlarida yangi bog‘chalar ochildi
“Chovli” MFY da hozirda 380 nafar bog‘cha yoshidagi jajji o‘g‘il-qiz bo‘lsa, ularning 90 nafari talab darajasida barpo qilingan 32-sonli MTT ga qatnay boshlamoqda. Yangi inshoot qurilishi “Muzaffar” MChJ bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilgan. Qurilishiga 2 milliard 531 million so‘m mablag‘ sarflangan bog‘chada kichkintoylarning bolalik zavq-shavqini surishlari, ma’lum bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun barcha sharoit muhayyo etilgan.
“Dehqonobod” MFY dagi 31-umumta’lim maktabning bo‘sh turgan eski binosini mukammal ta’mirdan chiqarilgani natijasida 100 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo qilindi. Mazkur 30-sonli MTT loyihasi uchun davlat byudjetidan Investisiya dasturi doirasida 2 milliard 300 million so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, Gʻayrat Obidov boshchiligidagi qurilish-pudrat korxonasi “Stektor Aktiv” MChJ binokorlari katta hissa qo‘shdilar.
Natijada ta’lim tashkilotlarida 4 ta yosh toifasidagi bolalar uchun mashg‘ulot va o‘yin va mashg‘ulotlar xonalari, oshxona, musiqa zali, uslubxona, ruhshunos, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi xonalari alohida jihozlangan. Ularning har birida o‘ndan ortiq malakali pedagog-mutaxassis yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Kundalik mashg‘ulotlardan tashqari rus, ingliz tillari, shaxmat-shashka, rasm chizish, badiiy gimnastika to‘garaklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Muassasalarga bolalarni qabul qilishda mahalladagi kam ta’minlagan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlari uchun 50 foiz chegirma joriy qilingan bo‘lib, bog‘chalarda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilingan holda tayyorlanishiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
E’tiborlisi, yangidan foydalanishga topshirilayotgan ob’yektlar hisobidan shu kunlarda Qorako‘l tumanida bolalar bog‘chalariga bo‘lgan ehtiyoj 55% ga yetkazildi. Tahlillardan ko‘rinishicha, hududda 3-7 yoshli bolalar soni 13 ming 201 nafarni tashkil qilib, shundan ayni paytda 6 ming 893 nafari maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi uch yilda uch barobarga ortganini bildiradi. Yoki 2017 yilda maktab yoshigacha bo‘lgan avlodning atigi 16 foizigina bolalar bog‘chalariga jalb qilingan. Boshqacha aytganda, MTTlar soni 2017 yilda 21 tani tashkil qilgan bo‘lsa, bugun 96 taga yetkazildi. Shundan 32 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 9 tasi davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan, 55 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.
2021-yil yakuniga qadar Qorako‘lda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun yana 2 ming 150 ta o‘rin yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu bilan shu toifadagi bolalarning 8 ming 749 nafarini MTTlariga qamrab olish yoki umumiy qamrov darajasini 69,4% ga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Romitan tumanida ham navbatdagi bolalar bog‘chasi ish boshladi. “Navbahor” MFYda “Obod qishloq” davlat dasturi asosida 140 o‘ringa mo‘ljallangan 15-sonli MTTni qurish uchun mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan 1 milliard 321,7 million so‘m mablag‘ ajratilgan va Shuhrat Abulxayev boshchiligidagi “Romitan Megatrans Stroy” MChJ tomonidan qayta qurilgan bo‘lib, uni talab darajasida jihozlashga 154 million 930 ming so‘m mablag‘ sarflangan.
Xabar tayyorlanayotgan jarayonda Romitandan yana bir xushxabar keldi. Ma’lum bo‘lishicha, “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 32-maktabgacha ta’lim tashkilotida boshlangan qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetay deb qoldi. Yil oxirigacha bu borada yana qator loyihalar amalga oshiriladi.
Muhimi, ana shunday yangilanishlar tufayli Romitanda bolajonlarni ta’lim-tarbiya muassasalariga qamrab olish darajasi 72% ga yetkaziladi.
Foto: Buxoro viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi