Qiziqarli
Ispaniyada ayol ishga har kuni barvaqt kelgani uchun ishdan bo‘shatildi
Ispaniyada yetkazib berish xizmatida ishlaydigan ayol ishga belgilangan vaqtdan ancha avval kelgani sababli mehnat shartnomasi bekor qilindi. Garchi ko‘pchilik uchun bu holat tartib va intizom belgisi bo‘lib tuyulsa ham, kompaniya bunday xatti-harakatni mehnat nizomiga zid deb baholadi. Bu haqda Daryo shunday yozmoqda.
Ayolning mehnat shartnomasida ish kuni soat 07:30 da boshlanishi qat’iy belgilangan edi. Ammo u muntazam ravishda 06:45–07:00 oralig‘ida kelib, smenasini o‘z hamkasblaridan oldin boshlagan. Kompaniya rahbariyati bunday odat ichki jarayonlar izchilligini buzishini, navbatchilikni adolatli taqsimlashga xalal berishini va jamoada noxushliklar keltirib chiqarishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan.
Ayol ilk bor 2023-yilda rasmiy ogohlantirish olgan, biroq tanbehlarga qaramay, ertaroq kelishni davom ettirgan. Kompaniya ayolning bu qat’iyatini intizomga bo‘ysunmaslik sifatida baholagan. Oqibatda rahbariyat o‘z xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qilgan.
Kompaniya izohlashicha, ayolning ishga muddatidan oldin kelishi nafaqat belgilangan vazifalar bo‘linishiga to‘sqinlik qilgan, balki ish jarayoniga qo‘shimcha foyda ham keltirmagan. Ya’ni xodimning erta kelishi amalda kompaniya uchun ijobiy natija bermagan, aksincha smenalar o‘rtasidagi muvozanatni buzgan.
Bundan norozi bo‘lgan ayol Alikante ijtimoiy sudiga murojaat qilib, ishdan bo‘shatishni noqonuniy deb topishni so‘radi. Biroq sud ayolni oqlamay, ish beruvchi tomonini qo‘llab-quvvatladi. Qarorda aytilishicha, xodim ogohlantirishlarni muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib, rahbariyat va jamoa bilan mehnat munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan:
“Xodimning xatti-harakati kompaniya va xodim o‘rtasidagi ishonch va sodiqlik munosabatlariga putur yetkazdi. Ko‘p marotaba tushuntirishlar olishiga qaramay, ariza beruvchi belgilangan vaqtdan oldin ishga chiqishni davom ettirdi, bu esa tashkilot ichidagi mehnat intizomiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi”, deyiladi sud qarorida.
Ispaniyaning har bir kompaniyasida ish vaqti, smena tartibi va ichki nizomlari doimiy nazorat qilinadi. Qonunchilikda xodimning mehnat shartnomasiga qat’iy rioya qilishi muhim hisoblanadi. Hatto ijobiy ko‘rinishi mumkin bo‘lgan “erta kelish” kabi odat ham shunday noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


