O‘zbekiston
Qurilish sohasida ayrim xodimlar maoshi 3 karra oshiriladi
O‘zbekistonda davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan qurilishlarda nazorat tizimi tubdan o‘zgartirilmoqda. Endilikda loyihachilar va buyurtmachilarning nazoratchilari faoliyati to‘liq KPI tizimiga bog‘lanadi hamda ularning oylik maoshlari 3 baravar oshiriladi.
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda qayd etilishicha, 2025-yilda qurilish obyektlarida 42 mingta kamchilik aniqlangan, Qurilish inspeksiyasi esa yana 250 mingdan ortiq qoidabuzarlikni fosh etgan. Buning asosiy sababi sifatida mualliflik nazorati va texnik nazoratda manfaatdorlik yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan 2026-yil 1-iyundan boshlab davlat buyurtmachilari faoliyati to‘liq KPI asosida baholanadi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun obyekt qiymatining 5 foizigacha mablag‘ ajratiladi, mualliflik nazorati esa alohida shartnoma asosida moliyalashtiriladi.
Endilikda nazorat kuchaytiriladi: agar nazoratchi mas’ul bo‘lgan obyektlarda qo‘pol qoidabuzarlik aniqlansa, pudratchi bilan bir qatorda nazoratchilarga ham qat’iy chora ko‘riladi. Shuningdek, loyihachilarning “Shaffof qurilish” reytingi pasaytiriladi.
Raqamlashtirish ham kengaymoqda. O‘tgan yili 400 nafar nazoratchi yonkamera bilan ta’minlangan, 1221 ta obyektga videokuzatuv o‘rnatilgan. Endi esa qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha ijtimoiy va yirik obyektlarda onlayn nazorat kamerasi majburiy bo‘ladi.
Bundan tashqari, Urbanizatsiya qo‘mitasiga shaharsozlik qoidalarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Ushbu o‘zgarishlar qurilish sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash va sohada mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


