Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (20.04.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 20-aprel, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Ovqatlanishda me’yorni biling, keragidan ortiq yeyilgan taom oshqozonda jiddiy muammo kelib chiqishini ta’minlaydi

Buzoq (21.04 — 21.05)

Bugungi kuningiz yorqin uchrashuvlar, tanishuvlar, ajoyib yangiliklardan iborat bo‘ladi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Shaxsiy hayot, muhabbatda yengil fikrlamang, bu yaxshilikka olib kelmaydi. Sog‘ligingiz haqida kun davomida qayg‘uring.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugun qaysi jabhada bo‘lmasin, to‘siqlarga duch kelsangiz, bo‘shashgancha ters o‘girilib ketmang, aksincha unga qarshi kurash olib boring.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun xizmat safariga bormang, uni boshqa kunga qoldiring. Ba’zilar salomatligi yomonlasha boshlashidan shikoyat qilishlari mumkin. O‘z vaqtida vrach ko‘rigidan o‘tsangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun sayohatga chiqish, yuqori lavozimga ega bo‘lish, xastaliklarga qarshi kurash muvaffaqiyatli kechadi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Odamzod o‘z nafsi yo‘lida hech balodan qaytmasligi yillar davomida sinalganligini unutmang. Bugun tanqid eshitishdan saqlaning.

Chayon (24.10 — 22.11)

Shamollab qolish va yuqumli xastaliklarga chalinishdan ehtiyot bo‘ling. Gazlangan suvlarni ichmang.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun oilaviy muammolarni hal etishda yetarli tajribangiz ish beradi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Mashina ta’miri, uy oldi-sotdisi masalasida ko‘p pul sarflashingiz mumkin. Kechqurun sizga toza havo juda zarur. Kuch yig‘ishingizda asqotadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun qanday tezlikda ishlasangiz, qanday sifatga erishsangiz, kelgusida martabangiz shu bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxsiy hayotda esa har bir qadamingizni o‘ylab bosing.

Baliq (20.02 — 20.03)

Ishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Shoshilinch qarorlar qabul qilishdan saqlaning.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.