Qiziqarli

Styuardessalar faoliyati haqida qiziqarli faktlar

pic
Foto: Ria.ru

Loading

Har safar samolyotga chiqib, parvozga otlanar ekanmiz, styuardessalarning tartibli ko‘rinishiga, zamonaviy ish kiyimlariga e’tibor beramiz. Ammo bortkuzatuvchilarning ba’zi obraz elementlari nafaqat go‘zal ko‘rinish uchun, balki favqulodda vaziyatlarda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishini ko‘pchilik bilmaydi. Quyida Daryo styuardessalar faoliyatiga oid ayrim qiziqarli faktlarni keltirib o‘tmoqda.

Nafas olish yo‘llarini himoya qiluvchi bo‘yin ro‘mol

Har bir styuardessaning ajralmas atributlaridan biri bu bo‘yinga o‘raladigan yorqin ro‘moldir. Ushbu aksessuar nafaqat bezak sifatida, balki xavfsizlik maqsadida ham ishlatiladi.

Agar samolyot salonida tutun paydo bo‘lsa, bortkuzatuvchilar yo‘lovchilarga mato orqali nafas olishni o‘rgatadi. Shu bilan birga, styuardessalar o‘zi ham bo‘yin ro‘moldan foydalangan holda nafas olish va xavfsizlik choralarini amalga oshiradi.

Bayroq o‘rniga ro‘mol

Bo‘yindagi ro‘molning yorqin rangi diqqatni tortadi. Favqulodda vaziyatlarda u vizual signal sifatida ishlatiladi: masalan, yo‘lovchilarni samolyotdan tez va tartibli tushirish uchun bortkuzatuvchilar ro‘molni bayroq kabi ko‘tarib, yo‘nalishni ko‘rsatadi.

Qo‘llar doim orqada

Samolyotga chiqishda styuardessalarning qo‘llarini doim orqasiga qo‘yib turishini payqaganmisiz? Bu shunchaki salomlashish usuli emas. Bortkuzatuvchilar qo‘llarini orqasiga qo‘yib, samolyotga kirayotgan yo‘lovchilar sonini hisoblaydigan klikerdan foydalanadi.

Uning yordamida kelgan yo‘lovchilar sonini chiptalar bilan solishtiriladi va kechikkanlar soni aniqlanadi. Agar yo‘lovchi kechiksa, bortkuzatuvchilar aeroportdagi ovozli aloqa orqali xodimlarni xabardor qilib, reysning o‘z vaqtida uchishi uchun choralar ko‘radi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.