Qiziqarli
Videoni tezlashtirilgan rejimda tomosha qilish miyaga zarar yetkazishi mumkin
Zamonaviy hayotning tezkor ritmida odamlar oddiy kundalik ishlarga ham yetarli vaqt topa olmaydi. Daryo shular haqida yozmoqda.
Dam olish, kayfiyatni ko‘tarish yoki qiziqarli bilimlarni egallash maqsadida ko‘pchilik internetdan video tomosha qiladi. Ba’zi hollarda videolarni tezlashtirilgan rejimda ko‘rish odatga aylanadi. Bu usul tomoshabinga rolik mazmunini tezroq tushunish va boshqa vazifalarga tezroq qaytish imkonini beradi.
Biroq psixiatr Tales Alberto ogohlantirishicha, tezlashtirilgan rejimda video tomosha qilish vaqtni tejash hissini bersa-da, miyaga va umumiy psixikaga zarar yetkazadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, miya tezlashtirilgan ma’lumot oqimiga moslashganda oddiy kundalik vaziyatlarni tahlil qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Oqibatda hatto kundalik suhbatlar ham charchash yoki bezovtalik keltirib chiqaradi, chunki miyaning ma’lumotni qayta ishlash tezligi va diqqatni jamlash darajasi buzilgan bo‘ladi.
Tezlashtirilgan kontentni ko‘p tomosha qilish oqibatida diqqatni jamlashda qiynalish, unutuvchanlik, uyqusizlik va umumiy bezovtalik yuzaga kelishi mumkin. Psixiatrning ta’kidlashicha, buning sababi miya odatdagidan ko‘proq ma’lumotni bir vaqtning o‘zida qabul qilishidadir. Bunday holatda yangi ma’lumotlarni samarali qayta ishlash qobiliyati kamayadi yoki to‘xtab qoladi. Bu esa nafaqat bilim olish jarayoniga, balki kundalik hayotdagi vazifalarni bajarishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Agar videoni ko‘rishning maqsadi kognitiv rivojlanish yoki yangi bilim olish bo‘lsa, mutaxassislar har bir kontentga maksimal e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Shuningdek, diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi bilan og‘rigan shaxslarga tezlashtirilgan rejimni ishlatmaslik maslahat beriladi. Bunday holatda diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar yanada kuchayadi.
Shuningdek, tezlashtirilgan videolarni tomosha qilish vaqtni tejamaydi, balki miyaga ortiqcha yuk tushiradi va tananing psixofiziologik holati buziladi. Shu bois, ma’lumotni o‘zlashtirish va bilim olish jarayonini samarali qilish uchun videolarni odatdagi tezlikda ko‘rish tavsiya etiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


