Hodisalar
Buxoroda “Zaharli to‘r” operatsiyasi: Gidroponik laboratoriya va yirik miqdordagi giyohvand moddalar sotilishi fosh etildi
Buxoro viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan keng ko‘lamli reydlar natijasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq bir qator og‘ir jinoyatlarga chek qo‘yildi.
Dastlab, Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuzatuv ostidagi fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yordamchi xo‘jalikda zamonaviy “gidroponika” usulida parvarishlanayotgan 3 tup kannabis o‘simligi, 5,5 gramm marixuana hamda giyohvandlikka mo‘ljallangan maxsus anjomlar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Shu bilan birga, G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan navbatdagi operatsiyada shubhali shaxsning xonadonidan 30,9 gramm miqdoridagi marixuana topilgan bo‘lsa, Kogon shahrida 5,5 gramm “gashish” moddasini 2 million 400 ming so‘mga pullayotgan jinoiy guruh a’zosi va uning sheriklaridan jami 141 gramm gashish hamda sintetik vositalar musodara qilindi.

Tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida, viloyat yo‘llarida to‘xtatilgan avtomobildan 7,65 gramm opiy moddasi topilib, ushbu zaharli moddaning mulyajini qabul qilib olishga uringan navbatdagi fuqaro ham tezkor kombinatsiya asosida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi Axborot xizmati materiallari asosida tayyorlandi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


