Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (22.04.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 22-aprel, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Kuningiz unutilmas o‘tadi, ishingiz bilan bog‘liq kutilmagan hodisalarga boy kechadi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Qalbingiz yorqin tanaffuslarga yuz tutmoqchi. Unga quloq tuting. Mayli, qisqa muddatga jamiyatdan ajralsangiz ham chidang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Atrofingizdagilar qarshisida alohida ko‘zga tashlanishni istasangiz, hayotga real nazar bilan boqing va ruhiy balansni bir xilda ushlab tura biling.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Yangi loyihalarni shu qadar ustalik bilan, qisqa fursatda haqiqatga aylantiringki, hamkasblar, rahbarlar hayratdan tosh qotib qolsin.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun ish bilan nafaqat qo‘llaringiz, balki miyangiz ham to‘liq band bo‘lishi talab etiladi.

Parizod (24.08 — 23.09)

O‘zingizni yaqinlaringiz bilgan tarafdan keng ommaga namoyish eting. Ezgu maqsadga yetish uchun esa emotsiyangizni boshqara bilishingiz kerak.

Tarozi (24.09 — 23.10)

O‘zingizdan yoshi ulug‘ odamlarning kamchiliklarini qidirish, ularga tanbeh berishdan tiyiling.

Chayon (24.10 — 22.11)

Qalbingiz tubiga joylashib olgan qayg‘uni yo‘q qiling. Charchoqlarga barham bering.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Kunning birinchi yarmida vujudingizni og‘ir bir yuk egallab olishi mumkin. Har qanday holatda ham o‘zingizni qo‘lga ola bilishingiz kerak.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Shaxsiy hayotda har bir harakatni puxta reja asosida sodir etishingiz talab etiladi. Kayfiyatingizga bir chimdimgina pozitiv ham hadya qiling.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun muammolar yetarli bo‘ladi. Ularga xotirjam munosabatda bo‘ling. Faqat kelajak haqida o‘ylang, reja tuzing.

Baliq (20.02 — 20.03)

Janjallarning sizga sira keragi yo‘q. Undan ko‘ra, hayotning har bir lahzasidan lazzat olish niyatida harakatlarni boshlang. O‘zingizni ehtiyot qiling.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.