Texnologiyalar
Tim Kuk Apple rahbarligidan ketmoqda. Uning o‘rnini Jon Ternus egallaydi
Apple kompaniyasi bosh direktori Tim Kuk 15 yillik faoliyatidan so‘ng lavozimini tark etishini e’lon qildi. U 1-sentabrdan boshlab vakolatlarini kompaniyaning apparat muhandisligi bo‘limi rahbari John Ternus ga topshiradi. Shu bilan birga, Kuk kompaniyada ijrochi rais sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Tim Kuk 2011-yilda Stiv Jobs vafotidan keyin Apple boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Uning rahbarligi davrida kompaniya misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi:
- bozor qiymati €3,3 trilliondan ortiq oshdi
- Apple dunyoda ilk bor $1 trillion, $2 trillion va $3 trillion chegaralarini bosib o‘tdi
Kuk, ayniqsa, iPhone muvaffaqiyatidan unumli foydalangan holda kompaniyani global gigantga aylantirdi.
Shuningdek, uning davrida yangi mahsulotlar ham paydo bo‘ldi:
- Apple Watch
- AirPods
- Vision Pro
Biroq bu mahsulotlar Steve Jobs davridagi iPhone darajasidagi inqilobiy ta’sir ko‘rsata olmadi.
Rahbariyat almashinuvi aynan texnologiya sohasida sun’iy intellekt (SI) keskin rivojlanayotgan davrga to‘g‘ri kelmoqda. Apple bu borada raqobatchilardan biroz ortda qolgan va hatto Google bilan hamkorlik qilib, Siri ni yanada aqlliroq qilishga urinmoqda.
Endilikda asosiy vazifa — aynan shu yo‘nalishda katta sakrash qilish bo‘ladi.
SI bozorida Nvidia yetakchilikni qo‘lga olib, rekord darajadagi kapitalizatsiyaga erishdi.
Shu bilan birga, Donald Tramp tomonidan ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirish bo‘yicha bosim ham kuchaymoqda. Apple esa ishlab chiqarishni Hindiston kabi davlatlarga diversifikatsiya qilish orqali muvozanatni saqlashga harakat qilmoqda.
Aytish mumkinki, Tim Kuk Apple’ni moliyaviy jihatdan nihoyatda kuchli va barqaror kompaniyaga aylantirib ketmoqda. Endi esa Jon Ternus oldida yangi chaqiriq turibdi — kompaniyani sun’iy intellekt davrida yetakchiga aylantirish.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


