Mashhurlar

“Erim qattiqqo‘llikda o‘zbeklardan o‘tadi” – Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘i haqida gapirdi

pic
Foto: Instagram / munisarizaeva

Loading

Xonanda Munisa Rizayeva Instagram sahifasidagi jonli efirda muxlislarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi. Daryo shu haqida yozmoqda.

“Hayotimni oilamga bag‘ishladim”

— Hayotimni oilamga — o‘g‘lim va turmush o‘rtog‘imga bag‘ishladim. Ko‘p dugonalarim sen turmushga chiqib faqat oilam, bolam deydigan bo‘lib qolding, deyishadi. O‘zi aslida kichkina paytimdan shunday bo‘lganman va doim men uchun oilam birinchi o‘rinda turadi, deb aytardim. Erta turmushga chiqishni va ko‘p farzandlar ko‘rishni xohlardim. Doim beshta farzand ko‘rgim kelardi. Lekin yosh turmushga chiqmadim. Bu ham yaxshilikka, deb o‘ylayman. Bizga nima kerakligini o‘zimizdan ko‘ra Alloh yaxshi biladi va kerakli vaqtda o‘zi yetkazadi. Hozir ham yana bir marta ona bo‘lishni xohlayman, Hammasi Allohdan.

“Turmush o‘rtog‘im juda qattiqqo‘l”

— Xo‘jayinim uchun birinchi o‘rinda ish turadi. O‘zi ham “birinchi o‘ringa ishimni, keyingi o‘ringa oilamni qo‘yaman”, deb aytadi. Avvallari bundan juda xafa bo‘lar edim va oiladan ham pul, ish muhimmi, derdim. Shunda erim “bir kun kelib meni tushunasan hali”, derdi. Hozirgi kunda bildimki, erim bu borada haq bo‘lgan ekan. Turmush o‘rtog‘imni haqiqiy erkak fe’l-atvoriga ega deyolaman. Xarakter masalasida anchayin qattiqqo‘l. Masalan, uyga kirganimizda agar erim uyda bo‘lsa, sekin yurib, sekin gaplashamiz, deydi Munisa Rizayeva.

“Erim menga xiyonat qilmagan”

— Menimcha, erim xiyonat degan so‘zning ma’nosini ham bilmasa kerak. Alhamdulilloh, Alloh shunday inson bilan meni siyladi. Hayotda juda ko‘p o‘g‘il bola do‘stlarim bor va ular qayerdadir o‘tirganda yonidan chiroyli qiz o‘tib ketsa, mazasi qochib, tipirchilab qoladi. Turmushga chiqqanimga ikki yarim yil bo‘lgan bo‘lsa, xo‘jayinimni shuncha vaqtdan beri kimgadir qaraganini ham ko‘rmadim. Bu masalada o‘zim ham juda ko‘p ahamiyat berib kuzataman. Albatta, kuzatayotganimni o‘ziga bildirmayman. Lekin boshqa qizlarga qaraydimi-yo‘qmi, ahamiyat beraman. Alhamdulilloh, haligacha boshqa qizlarga qaramaydigan yigitlar bor ekan, deb lol qolganman.

“Onam bilan umra safariga borishni niyat qildim”

— Onam bilan o‘tirganimda umra safariga birga borishni niyat qilganimni aytdim. Ularga, siz ham katta bo‘lib qolgansiz, men ham 4o yoshga yetgan qizman. Birga umra va haj safarlariga borishni xohlayman, dedim. Onam bunga rozi bo‘ldilar va boramiz dedi. Xudo xohlasa, albatta, bir kuni umra safariga borib kelamiz. Ammo buni ijtimoiy tarmoqda ko‘rsatmayman. Odam umra yoki hajga borganda o‘zi va Alloh uchun boradi. Bu narsani ko‘z-ko‘z qiladiganlarni umuman yoqtirmayman. Bu joyga borish har bir musulmon insonning burchi. Shuning uchun bir kun, albatta, borish kerak, lekin bu haqda ommaga chiqarish kerak emas. Alloh hammamizni shu kunlarga yetkazsin, deya so‘zlaydi xonanda.

“O‘g‘limning pasportdagi ism-familiyasi — Aleks Moroz”

— Bolamning pasportdagi ismi Aleks. Familiyasi Moroz. Chunki erimning familiyasi ham shunday. Lekin o‘g‘limning musulmon ismi ham bor: qulog‘iga azon o‘qilganda aytilgan ismi.

“Bolam qori yigit bo‘lishini xohlayman”

— O‘g‘lim juda aktiv va energiyaga to‘la bola. Bir joyda o‘tirmaydi, juda sho‘x. Ko‘proq yurgisi keladi. Ko‘p enagalar buni ko‘tara olmadi.  Bir yosh-u ikki oylik bo‘ldi. Shuning uchun uni Dubayda bog‘chaga berdim. Hozir bog‘chada ingliz, rus va arab tillarini o‘rganyapti. Har kuni uxlashidan oldin Qur’ondan suralar qo‘yib qo‘yaman, suralarni eshitib uxlaydi. Kichkinaligidan shunga o‘rgatganmiz. Ilohim saxiy va qori yigit bo‘lsin. Odamlarga maksimal darajada yordam bera oladigan boy bo‘lsin. O‘zbekistonga foydasi tegadigan o‘zbek o‘g‘loni bo‘lsin. Oldindan shunday bo‘lsin bolam deb niyat qilib kelaman. Bolani qanday katta qilish ota-onaga bog‘liq. Shuning uchun farzandlarimizni o‘zimiz o‘rnak bo‘lib, chiroyli tarbiya bilan ulg‘aytirishimiz kerak. Chunki ular bizdan o‘rnak olib katta bo‘lishadi, deydi xonanda.

“Iltimos xorij yulduzlari bilan solishtirmang”

— Bugungi kunda har ikki san’atkordan bittasi Jenifer Lopes yoki Shakira bo‘lmoqchi. Iltimos bizlarni ular bilan solishtirmanglar. Hech kimga o‘xshamay, Munisa Rizayeva bo‘lib qolay, deydi u.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.