Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (24.04.2026)
2026-yilning 24-aprel, juma kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun yaqin insoningiz bilan munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi amallarni sodir eting. Do‘stlarning kamchiliklarini sezib qolsangiz, darhol ogoh eting.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun kunning boshlanishi siz uchun og‘irroq kechish ehtimoli yo‘q emas. Biroq kechqurunga borib barchasi o‘z iziga tushadi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kunning ikkinchi yarmida sizni yangi va foydali tanishuvlar kutadi. Bu tanishuvlar sizga bir dunyo quvonch hadya etishi ehtimoldan xoli emas.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun atrofda bo‘layotgan har bir voqea-hodisaga sinchkov nazar bilan boqing. Hech kimga hech bir mavzuda haqligingizni isbotlashga urinmang.
Arslon (24.07 — 23.08)
Muhabbat bobida oila qurmaganlar vaziyatni shoshiltirmasinlar, aks holda o‘zingizga ortiqcha ko‘ngilsizlik orttirib olishingiz mumkin.
Parizod (24.08 — 23.09)
Bugun yaqinlaringiz shaxsiy hayotiga aralashmasligingizni maslahat beramiz. Bu ishingiz kutilmaganda oradagi munosabatlarga putur yetkazishi mumkin.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugungi kun yangi ish qidirish yoki topish uchun noqulay kechadi. Oila qurmaganlar ham bugun juft tanlashda adashishlari turgan gap.
Chayon (24.10 — 22.11)
Kimki sizga yaqindan ko‘mak va maslahat berishdan qochmasa, o‘sha bilan bugun munosabatlarni yanada mustahkamlashingiz lozim bo‘ladi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kun davomida uyingizdagilarning qaysidir biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Pul masalasida qattiq kirishmasangiz, ko‘zlangan daromaddan quruq qolasiz.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun tadbirkorlar yangi shartnomalar tuzishdan voz kechganlari ma’qul.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Salomatligingizni mustahkamlash uchun vitaminga boy mevalarni ko‘proq iste’mol qiling.
Baliq (20.02 — 20.03)
Qanday ishga qo‘l urmang, sizdan shoshilmaslik, tartiblilik talab qilinadi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


