Qiziqarli

AQShlik fermer sovuqda qolgan buzoqchani uyga kiritib, divanda uxlashiga ruxsat berdi

pic
Foto: AP

Loading

AQShning Kentukki shtatida yashovchi Meysi va Tanner ismli fermerlar ob-havo o‘ta sovuq bo‘lgani tufayli yangi tug‘ilgan buzoqni uylariga olib kirib, unga divanda uxlashga ruxsat berishdi. Ushbu o‘ta samimiy va ibratli voqea haqida Daryo yozmoqda.

Meysi Sorrellning so‘zlariga ko‘ra, 31-yanvar kuni tongda uning eri Tanner molxonaga sigirlarni tekshirish uchun borgan. So‘ng molxonadagi sigir allaqachon bolalagani va buzoqcha ochiq havoda sovuq qotib yotganining guvohi bo‘lgan.

“Bechora jonivor muzlab qolgan edi”, deya eslaydi Meysi.

Oila bu qarorni bejizga qabul qilmagan. O‘tgan yili qishda Sorrellar fermasida bir buzoq sovuq urishi oqibatida nobud bo‘lgan. Shu achchiq tajribani yodda tutgan er-xotin bu safar tavakkal qilmaslikka qaror qilib, yangi tug‘ilgan buzoqchani zudlik bilan uyga olib kirishgan. Uni ovqatlantirib, fen yordamida isitgan va holatini yaxshilashga harakat qilgan.

Bir muddatdan so‘ng buzoqcha er-xotinning bolalari yonida divanda uxlab qolgan. Meysi Sorrell bu holatni kulib eslaydi:

“Buzoqcha bolalar oldiga xuddi odatiy uy hayvonidek emaklab bordi”, dedi u.

Fermerlarning uch yoshli o‘g‘li Gregori buzoqqa o‘zining sevimli multfilmi “Chaqmoq Makvin” dagi Salli qahramoni sharafiga ism qo‘yishga qaror qilgan.

Ertasi kuni ertalab buzoq onasi bilan uchrashdi. Meysi Sorrellning aytishicha, hozir Salli o‘zini juda yaxshi his qilmoqda va fermadagi hayotga moslasha boshlagan.​

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.